Dunyoda

Kuniga qancha yongʻoq yeyish mumkin - parhezshunos tavsiyasi

© SputnikStend Uzbekistana na vыstavke WorldFood Moscow 2019
Stend Uzbekistana na vыstavke WorldFood Moscow 2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Shifokorlar kuniga qancha yongʻoq yeyish mumkinligini aytishdi
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Sutkada 60 grammdan ortiq boʻlmagan miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Bu haqda “AiF”ga Federal ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy markazining ovqatlanish mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova oʻz fikrlarini aytdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, yuz gramm yongʻoq - 500-600 kaloriya boʻlib, bu keragidan ortiq miqdor deb hisoblanadi. Bunday miqdor oshqozon va ichakda noxush alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deydi shifokor.
Potseluy. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Jamiyat
Erkaklar uchun xavfli mahsulotlar: seksolog tavsiyalari
Parhezshunos taʼkidlashicha, odamga kuniga 30-50 grammdan koʻp boʻlmagan miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Bu meʼyordan oshirish qaddiqomatga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Shifokor faqat 10-12 dona funduk yoki bodom, bitta osh qoshiqdan ortiq miqdorda kedr yongʻogʻini yeyishni maslahat berdi.
Shu bilan birga, Denisova yongʻoqning foydali xususiyatlari haqida gapirdi va ovqatlanish ratsionida albatta boʻlishi kerakligini taʼkidladi.
Diyetologning soʻzlariga koʻra, yongʻoq, uning tarkibida yogʻ borligiga qaramay, "yomon" xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin.
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, ekspert 60-70 yoshdagi odamlarda yongʻoq ateroskleroz xavfini kamaytirganini taʼkidladi.
Shifokor yongʻoq yurak uchun samarali malham ekanligini taʼkidladi. Uning tarkibida katta miqdordagi omega-3 yogʻ kislotalari mavjud. Bu modda yurak va qon tomirlari uchun juda foydali hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala