Jamiyat

Inson uch bosqichda qariydi - olimlar tadqiqoti

Pojiloy turist - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Inson organizmi uch bosqichda qariydi - 34, 60 va 78 yoshida. Inson qarishi qon tarkibidagi oqsillar oʻzgarishiga bogʻliq.
TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Amerikaning Stenford universiteti olimlari taʼkidlashiga koʻra, inson tanasining qarishi bu toʻxtovsiz jarayon emas, inson uch bosqichda qariydi.
Shu kunga qadar odamlar va shifokorlar inson organizmi har kuni oz-ozdan keksayib boradi deb oʻylardi, lekin amerikalik olimlar haqiqatda bunday emas deb taʼkidlashmoqda.
Bunga Stenford uninversitetining 16 nafar mutaxassisdan iborat olimlar jamoasi yaqinda oʻtkazgan tadqiqoti asos boʻldi. Ular 18 yoshdan 95 yoshgacha boʻlgan 4263 nafar kishilar organizmini sinchiklab oʻrganib chiqishi natijasida, inson qon plamasida oqsillar keskin farq qiladigan uchta guruhni aniqlashgan: 34 yoshdan yuqori, 60 yoshdan yuqori va 78 yoshdan yuqori.

“Biz qon tarkibida boʻlgan 3000 dan ortiq oqsil turlarini oʻrganib chiqib, ular 34, 60 va 78 yoshda toʻlqinsimon oʻzgarishini aniqladik. Bundan biz inson organizmi uch bosqichda biologik qarishi haqida xulosa qildik”, - deyilgan “Nature Medicine” jurnalida chop etilgan maqolada.

Hozircha qondagi oʻzgarishlar va inson yoshi bir-biriga qanday bogʻliqligi mexanizmi maʼlum emas. Lekin kelajakda olimlar buni aniqlashi va keksa yoshda uchraydigan ayrim kasalliklar, masalan Altsgeymer kasalligi, yurak-qon tomirlari kasalligi va boshqalarni oldini olish mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala