Rossiya

Putin iqlim masalalari boʻyicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Vladimir Putin 22 aprel kuni iqlim masalalari sammitida nutq soʻzlaydi
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Vladimir Putin 22 aprel kuni iqlim masalalariga bagʻishlangan sammitda nutq soʻzlaydi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
Avvalroq Oq Uy AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington 22-23 aprel kunlari virtual formatda tashkil etishni rejalashtirgan tadbirga 40 nafar davlat yetakchisi, shu jumladan rossiyalik hamkasbini taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
Mujchina neset produktы dalnoboyщikam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2020
Dunyoda
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
"Vladimir Putin global iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan keng xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish sharoitida Rossiyaning yondashuvlarini bayon qiladi", - deyiladi nashrda.
Sammitni Yer kunida oʻtkazishni koʻzda tutilmoqda. Unda Putindan tashqari, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Frantsiya, Turkiya, Hindiston, Italiya, Ispaniya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarning yetakchilari ishtirok etishadi.
2017 yil iyun oyida Donald Tramp AQShning atmosferaga zararli chiqindilarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi Parij kelishuvidan chiqishini eʼlon qilgandi. Joriy yilning yanvar oyida Bayden Parij kelishuviga qaytish toʻgʻrisida farmon imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala