Hodisalar

Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxs sud oldida javob beradi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Fotobankka oʻtishSotrudnik pravooxranitelnыx organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov snimayet naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
52 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali prezidentning obroʻsiga putur yetkazuvchi va kamsituvchi maʼlumotlarni tarqatgan
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Jizzax viloyati Baxmal tumanida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 52 yoshli fuqaro V.K. YouTube va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida “V.K.” (nomi qisqartirilgan) profil ochgan. Bu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri chiqishlar qilgan.
Erkak oʻz chiqishlarida prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka notoʻgʻri talqin qilib, mamlakat prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlagan. Keyin prezidentning obroʻsiga putur yetkazuvchi va kamsituvchi maʼlumotlarni tarqatgan.
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Hodisalar
Jizzaxda fuqaroni haqorat qilgan YPX xodimi maoshining 50 foizidan ayrildi
Hozir unga nisbatan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (Oʻzbekiston prezidentini internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda prezidentni internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani xabar qilingan edi. Bu jinoyat uchun 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha qamoq jazosi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala