Hodisalar

Termizdagi restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi

© SS0 / Unsplash / Artem KryzhanivskyiRestoran, illyustrativnoye foto
Restoran, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Mijozlardan biri ularga xizmat koʻrsatayotgan ofitsiantni haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv roʻy berdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Mushtlashuv 16 aprel kuni soat 19:10 larda “Xan Sultan” restoranida sodir boʻlgan. U yerda 36 yoshli N.N. va 31 yoshli T.A. oila aʼzolari bilan alohida stolda ovqatlangan. Bir payt N.N. 22 yoshli ofitsiant N.A.ni buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
Keyin yuqoridagi mizojlar ularni tinchlantirmoqchi boʻlgan yana toʻrt kishini doʻpposlashgan va restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini chil-chil sindirishgan.
Hozir N.N. va T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ular qoʻlga olingan.
Tergovda aniqlanishicha, ular muqaddam ham bezorilik jinoyatlari uchun sudlanishgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala