Termizdagi restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Mijozlardan biri ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantni haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida restoranda iftorlik vaqtida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Mushtlashuv 16-aprel kuni soat 19:10 larda “Xan Sultan” restoranida sodir bo‘lgan. U yerda 36 yoshli N.N. va 31 yoshli T.A. oila a’zolari bilan alohida stolda ovqatlangan. Bir payt N.N. 22 yoshli ofitsiant N.A.ni buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli haqorat qilib, yuziga bir shapaloq tushirgan.
Keyin yuqoridagi mizojlar ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan yana to‘rt kishini do‘pposlashgan va restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini chil-chil sindirishgan.
Hozir N.N. va T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular qo‘lga olingan.
Tergovda aniqlanishicha, ular muqaddam ham bezorilik jinoyatlari uchun sudlanishgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0