Kolumnistlar

“Tolibon”* qanday qilib Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini haydab chiqarmoqda

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
“Tolibon”* terroristik tashkilot - AQShga Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqish boʻyicha keskin shartlarni qoʻymoqda va Vashingtonni koʻp qutbli dunyo haqiqatiga qaytarmoqda.
13 aprel kuni Oq uy Amerika qoʻshinlarini Afgʻonistondan 11 sentyabrgacha olib chiqilishini eʼlon qildi. “Tolibon” ultimatum shaklida (2020 yil 29 fevraldagi Doha kelishuvi shartlari asosida) AQSH kuchlarining 1 maygacha chiqarilishini talab qildi. “Tolibon” "Amerika va barcha bosqinchi davlatlarni urushni uzaytirilishini oqlashdan toʻxtashga va zudlik bilan oʻz kuchlarini Afgʻonistondan olib chiqishga" qatʼiy chaqirdi. Keyinchalik bayonot matnida "Islom amirligi mujohidlari" ochiq tahdidlarga oʻtishdi.
AQSH administratsiyasi zudlik bilan bunga munosabat bildirdi, Afgʻonistondagi qoʻshinlarni olib chiqish 1 may kunidan boshlanishini eʼlon qildi. NATO ittifoqchilari oʻsha kuni "Qatʼiy qoʻllab-quvvatlash" missiyasi kuchlarini olib chiqish toʻgʻrisida xuddi shunday qaror qabul qildilar. Bu manfaatlar toʻqnashuvida hamma oʻz obroʻsini saqlab qolishga harakat qildi.
Zdaniye Pentagona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2021
Kolumnistlar
Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: Oʻzbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak
AQSH prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistonda boʻlishi barqaror hukumat tuzishga yordam bermasligini aytdi. AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin taʼkidlashicha, qoʻshinlar Afgʻonistonda oʻz vazifalarini bajarib boʻldi, shuningdek "iqtisodiyot, fuqarolik jamiyati va siyosatda progressga erishish yoʻlida yordam berishdi”.
Pentagon va ittifoqchilari jang maydoni sharafsiz tark etishi va butun baxtsiz mamlakatni kechagi raqib – “Tolibon”ga qoldirib ketish uchun Afgʻonistondagi operatsiyalarga yuzlab milliard dollar sarflash, minglab askarlarini yoʻqotish kerakmidi? Bu javobi ichida boʻlgan savol.

Birinchi maydagi kuchni namoyish qilish

14 aprel kuni Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns qoʻshinlarni olib chiqilishi katta xavf-xatarlarga bogʻliqligini aytdi va "Islom davlati" va "Al-Qoida" (ikkalasi RFda taqiqlangan) Afgʻonistonda oʻz taʼsirini tiklashini bashorat qildi. Ayni vaqtda qoʻshinlarni olib chiqish - hokimiyatni “Tolibon”ga topshirish bilan baravar, deb hisoblaydi AQSH milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton.
Holbuki, “Tolibon” agar AQSH va NATO muqaddam kelishib olingan muddatni 1 maygacha bajarmasa, jangovar harakatlarni, yaʼni xorijiy qoʻshinlarga qarshi "jihod"ni davom ettirmoqchi. Ilgariroq Zabiulla Mujohid “Tolibon” pozitsiyasini bayon qilindi: “Bayden qoʻshinlarni may oyigacha olib chiqish qiyinligini aytdi, ammo bizning pozitsiyamiz Doha kelishuvini amalga oshirish zarur, chunki uning amalga oshirilishi Afgʻoniston va AQSH oʻrtasida mavjud boʻlgan muammoni hal qilishning yagona usulidir”.
Mejdunarodnыe rossiysko-indiyskiye ucheniya Indra - 2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Kolumnistlar
Nima uchun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Logistika nuqtai nazaridan 3-5 ming harbiy xizmatni transport samolyotlar bilan olib ketish uchun 14 oy yetarli. Shubhasiz, AQSH va NATO qoʻshinlarining chiqib ketishiga “Tolibon” bilan doimiy jangovar harakatlar, "talabalar"ning kelajakdagi davlat apparatida amaldagi (amerika tarafdorlari) Afgʻoniston hukumat bilan hokimiyatni taqsimlash yoʻnalishidagi muzokaralar olib borishiga toʻsqinlik qilmoqda.
AIR Milliy yarashuv boʻyicha Oliy Kengashi yigirmadan ortiq takliflarni bitta dasturga birlashtirishga muvaffaq boʻldi, shu jumladan prezident Ashraf Gʻanining tinchlik rejasi ham kiritildi. Biroq, 14 aprel kuni “Tolibon” Afgʻoniston boʻlajak muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortdi (keyingi bosqich Turkiya hududida rejalashtirilgan edi). “Tolibon” qurolli tuzilmalari hukumat kuchlari ustidan harbiy gʻalabaga erishish uchun AQSH va NATO qoʻshinlari va harbiy texnikalarining toʻliq chiqib ketishini kutmoqda. Kobul asosan AQSH harbiy havo kuchlari tomonidan terrorchilarga qilingan hujumlar tufayli “qamal”da saqlanmoqda. Afgʻoniston yaqin kelajakda "Islom amirligi"ga aylanishi mumkin.
Yigirma yil davomida Afgʻonistondagi harbiy harakatlar natijasida (uning hududi Texas shtatidan kichikroq) va "Tolibon" bilan sharmandali sulh tuzgandan soʻng, amerikaliklar oʻz quroli bilan ehtiyotkorlik bilan poʻpisa qilishi, xalqaro ishlarda kamtarona harakat qilishi kerak. Biroq, hayot hech narsani oʻrgatmaydi. Yana Rossiya aybdor.
“Taliban” snova nastupayet: v Afganistane proizoshla seriya teraktov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2021
Kolumnistlar
Pentagon Afgʻonistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
AQSH razvedka hamjamiyati "past va oʻrtacha ishonch bilan" rossiyalik razvedkachi- hamkasblari 2019 yilda va undan oldingi yillarda Afgʻonistondagi AQSH va koalitsiya harbiy xizmatchilariga qarshi" Tolibon" hujumlarini moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirgan, deb taxmin qilmoqda. Maʼlumot manbalari umuman hech narsaga yaramaydi, ularni tekshirib boʻlmaydi. Rossiya Federatsiyasi bunday ayblovlarni rad etadi.

Kuchlarni qayta yoʻnaltirish

Afgʻonistondan bir necha ming amerikalik harbiyni olib chiqish "kelajakdagi raqiblarni" - "dunyo tartibini oʻzgartirishga" intilayotgan Xitoy va Rossiyani "qayta yoʻnaltirishga harakat qiladi", ularni tiyib turadi yoki magʻlub qiladi, deb hisoblaydi Pentagon rahbari Lloyd Ostin. Koʻknori plantatsiyalardagi nisbatan kichik terroristik guruhlarni tartibga solmasdan, Pentagon yadroviy derjavalar orasida oʻziga raqib qidirmoqda. Faqatgina ularning baʼzi harakatlari "AQShning milliy manfaatlariga zid" boʻlgani uchun.
Amerikaliklar "qayta yoʻnaltirish"dan soʻng Afgʻoniston va Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlari tajovuzkor harbiy-diniy harakat bilan birga yashash muamosini oʻz kuchi bilan hal qilishlari kerak boʻladi.
AQSH harbiylari Afgʻonistondan qachon butunlay chiqib ketadi
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Video
AQSH harbiylari Afgʻonistondan qachon butunlay chiqib ketadi
“Tolibon” hukmronlik qilgan mamlakatda (2001 yilgacha) ayollarning taʼlim olishiga ruxsat berilmadi, zinokorlar shahar maydonlarida qatl etildi, oʻgʻrilarning qoʻllari chopildi, televideniye teatr va musiqa bilan birga taqiq ostida boʻldi.
Faktlar - oʻjar narsa. Afgʻoniston Milliy Xavfsizlik Departamenti 12 aprel kuni Dohada AQSH va “Tolibon” oʻrtasida tuzilgan kelishuv barqarorlikka olib kelmaganligini xabar qildi - 2020 yil 29 fevraldan boshlab mamlakatda “Tolibon” hujumlari soni 24 foizga oshdi. Agar Qatardagi “Tolibon” ofisi rahbari mulla Abdul Gʻani Baradar 12 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afgʻonistonda qoʻshma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirgan boʻlsada, bu hali “yerda” oʻzaro tinchlik aloqalarni kafolatlamaydi. Harbiy-diniy harakat tarkibi, qarashlari va maqsadlari jihatidan juda xilma-xil.
“Tolibon” oʻz taktikasini oʻzgartirmayapti, mamlakatda zoʻravonlik darajasini pasaytirmayapti, “Al-Qoida” (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) bilan ittifoqchilik yoki sheriklik aloqalarini uzmayapti.
* “Tolibon”- Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining 2003 yil 14 fevraldagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala