“Tolibon”* qanday qilib Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini haydab chiqarmoqda

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* terroristik tashkilot - AQShga Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha keskin shartlarni qo‘ymoqda va Vashingtonni ko‘p qutbli dunyo haqiqatiga qaytarmoqda.
13 aprel kuni Oq uy Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan 11-sentabrgacha olib chiqilishini e’lon qildi. “Tolibon” ultimatum shaklida (2020 yil 29-fevraldagi Doha kelishuvi shartlari asosida) AQSh kuchlarining 1-maygacha chiqarilishini talab qildi. “Tolibon” "Amerika va barcha bosqinchi davlatlarni urushni uzaytirilishini oqlashdan to‘xtashga va zudlik bilan o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqishga" qat’iy chaqirdi. Keyinchalik bayonot matnida "Islom amirligi mujohidlari" ochiq tahdidlarga o‘tishdi.
AQSh administratsiyasi zudlik bilan bunga munosabat bildirdi, Afg‘onistondagi qo‘shinlarni olib chiqish 1-may kunidan boshlanishini e’lon qildi. NATO ittifoqchilari o‘sha kuni "Qat’iy qo‘llab-quvvatlash" missiyasi kuchlarini olib chiqish to‘g‘risida xuddi shunday qaror qabul qildilar. Bu manfaatlar to‘qnashuvida hamma o‘z obro‘sini saqlab qolishga harakat qildi.
Zdanie Pentagona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2021
Pentagon delegatsiyasi Toshkentda: O‘zbekiston amerikalik harbiylarga nima uchun kerak
AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistonda bo‘lishi barqaror hukumat tuzishga yordam bermasligini aytdi. AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ta’kidlashicha, qo‘shinlar Afg‘onistonda o‘z vazifalarini bajarib bo‘ldi, shuningdek "iqtisodiyot, fuqarolik jamiyati va siyosatda progressga erishish yo‘lida yordam berishdi”.
Pentagon va ittifoqchilari jang maydoni sharafsiz tark etishi va butun baxtsiz mamlakatni kechagi raqib – “Tolibon”ga qoldirib ketish uchun Afg‘onistondagi operatsiyalarga yuzlab milliard dollar sarflash, minglab askarlarini yo‘qotish kerakmidi? Bu javobi ichida bo‘lgan savol.

Birinchi maydagi kuchni namoyish qilish

14 aprel kuni Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns qo‘shinlarni olib chiqilishi katta xavf-xatarlarga bog‘liqligini aytdi va "Islom davlati" va "Al-Qoida" (ikkalasi RFda taqiqlangan) Afg‘onistonda o‘z ta’sirini tiklashini bashorat qildi. Ayni vaqtda qo‘shinlarni olib chiqish - hokimiyatni “Tolibon”ga topshirish bilan baravar, deb hisoblaydi AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton.
Holbuki, “Tolibon” agar AQSh va NATO muqaddam kelishib olingan muddatni 1-maygacha bajarmasa, jangovar harakatlarni, ya’ni xorijiy qo‘shinlarga qarshi "jihod"ni davom ettirmoqchi. Ilgariroq Zabiulla Mujohid “Tolibon” pozitsiyasini bayon qilindi: “Bayden qo‘shinlarni may oyigacha olib chiqish qiyinligini aytdi, ammo bizning pozitsiyamiz Doha kelishuvini amalga oshirish zarur, chunki uning amalga oshirilishi Afg‘oniston va AQSh o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammoni hal qilishning yagona usulidir”.
Mejdunarodnie rossiysko-indiyskie ucheniya Indra - 2017 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Nima uchun Rossiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda
Logistika nuqtayi nazaridan 3-5 ming harbiy xizmatni transport samolyotlar bilan olib ketish uchun 14 oy yetarli. Shubhasiz, AQSh va NATO qo‘shinlarining chiqib ketishiga “Tolibon” bilan doimiy jangovar harakatlar, "talabalar"ning kelajakdagi davlat apparatida amaldagi (amerika tarafdorlari) Afg‘oniston hukumat bilan hokimiyatni taqsimlash yo‘nalishidagi muzokaralar olib borishiga to‘sqinlik qilmoqda.
AIR Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy Kengashi yigirmadan ortiq takliflarni bitta dasturga birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi, shu jumladan prezident Ashraf G‘anining tinchlik rejasi ham kiritildi. Biroq, 14-aprel kuni “Tolibon” Afg‘oniston bo‘lajak muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortdi (keyingi bosqich Turkiya hududida rejalashtirilgan edi). “Tolibon” qurolli tuzilmalari hukumat kuchlari ustidan harbiy g‘alabaga erishish uchun AQSh va NATO qo‘shinlari va harbiy texnikalarining to‘liq chiqib ketishini kutmoqda. Kobul asosan AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan terrorchilarga qilingan hujumlar tufayli “qamal”da saqlanmoqda. Afg‘oniston yaqin kelajakda "Islom amirligi"ga aylanishi mumkin.
Yigirma yil davomida Afg‘onistondagi harbiy harakatlar natijasida (uning hududi Texas shtatidan kichikroq) va "Tolibon" bilan sharmandali sulh tuzgandan so‘ng, amerikaliklar o‘z quroli bilan ehtiyotkorlik bilan po‘pisa qilishi, xalqaro ishlarda kamtarona harakat qilishi kerak. Biroq, hayot hech narsani o‘rgatmaydi. Yana Rossiya aybdor.
“Taliban” snova nastupayet: v Afganistane proizoshla seriya teraktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Pentagon Afg‘onistonni tark etmoqda – 193 milliard $ nimaga sarflandi?
AQSh razvedka hamjamiyati "past va o‘rtacha ishonch bilan" rossiyalik razvedkachi- hamkasblari 2019-yilda va undan oldingi yillarda Afg‘onistondagi AQSh va koalitsiya harbiy xizmatchilariga qarshi" Tolibon" hujumlarini moliyaviy jihatdan rag‘batlantirgan, deb taxmin qilmoqda. Ma’lumot manbalari umuman hech narsaga yaramaydi, ularni tekshirib bo‘lmaydi. Rossiya Federatsiyasi bunday ayblovlarni rad etadi.

Kuchlarni qayta yo‘naltirish

Afg‘onistondan bir necha ming amerikalik harbiyni olib chiqish "kelajakdagi raqiblarni" - "dunyo tartibini o‘zgartirishga" intilayotgan Xitoy va Rossiyani "qayta yo‘naltirishga harakat qiladi", ularni tiyib turadi yoki mag‘lub qiladi, deb hisoblaydi Pentagon rahbari Lloyd Ostin. Ko‘knori plantatsiyalardagi nisbatan kichik terroristik guruhlarni tartibga solmasdan, Pentagon yadroviy derjavalar orasida o‘ziga raqib qidirmoqda. Faqatgina ularning ba’zi harakatlari "AQShning milliy manfaatlariga zid" bo‘lgani uchun.
Amerikaliklar "qayta yo‘naltirish"dan so‘ng Afg‘oniston va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlari tajovuzkor harbiy-diniy harakat bilan birga yashash muamosini o‘z kuchi bilan hal qilishlari kerak bo‘ladi.
AQSh harbiylari Afg‘onistondan qachon butunlay chiqib ketadi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
AQSh harbiylari Afg‘onistondan qachon butunlay chiqib ketadi
“Tolibon” hukmronlik qilgan mamlakatda (2001 yilgacha) ayollarning ta’lim olishiga ruxsat berilmadi, zinokorlar shahar maydonlarida qatl etildi, o‘g‘rilarning qo‘llari chopildi, televidenie teatr va musiqa bilan birga taqiq ostida bo‘ldi.
Faktlar - o‘jar narsa. Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Departamenti 12-aprel kuni Dohada AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuv barqarorlikka olib kelmaganligini xabar qildi - 2020-yil 29-fevraldan boshlab mamlakatda “Tolibon” hujumlari soni 24 foizga oshdi. Agar Qatardagi “Tolibon” ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Baradar 12-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonda qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsada, bu hali “yerda” o‘zaro tinchlik aloqalarni kafolatlamaydi. Harbiy-diniy harakat tarkibi, qarashlari va maqsadlari jihatidan juda xilma-xil.
“Tolibon” o‘z taktikasini o‘zgartirmayapti, mamlakatda zo‘ravonlik darajasini pasaytirmayapti, “Al-Qoida” (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) bilan ittifoqchilik yoki sheriklik aloqalarini uzmayapti.
* “Tolibon”- Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining 2003-yil 14-fevraldagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topildi.
Yangiliklar lentasi
0