Toshkentda bir kunda niqobsiz yurgan 800 nafarga yaqin qoidabuzar jarimaga tortildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOdnorazovie meditsinskie maski
Odnorazovie meditsinskie maski - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, o‘rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan 818 ta holatda bayonnoma tuzilgan.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahrida kuchaytirilgan karantin cheklovlari kiritilganligining dastlabki kunida tibbiy niqobsiz yurgan 773 qoidabuzar jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shuningdek, o‘rnatilgan cheklovlar haqida ogohlantirish yuzasidan 818 ta holatda bayonnoma tuzilgan.
“Hurmatli toshkentliklar va poytaxt mehmonlari! Infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida barchamiz salomatlik xavfsizligi masalalariga jiddiy qarashimiz zarur”, - deyilgan xabarda.
Sotrudniki pravooxranitelnix organov v g. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Karantin qoidalari keskin kuchaytirildi
Avvalroq IIV bu borada ogohlantirish bilan chiqqan edi. Idora shu kungacha IIB xodimlari karantin qoidabuzarlariga faqat ogohlantirish berib kelgani, endi esa ularga qonuniy va qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18-apreldan boshlab karantin choralari yana kuchaytirilgan edi. Karantin vaqtida jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0