Aholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi – so‘rov natijalari

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
So‘rov natijalariga ko‘ra, 83,2 foiz respondentlar korrupsiya O‘zbekiston jamiyatida u yoki bu sohalarda mavjud deb hisoblaydi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Aholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdi.
So‘rov yuzma-yuz intervyu, telefon so‘rovi va Internet tarmog‘idagi miqdoriy so‘rovlar natijalarini qamrab olgan jamoatchilik fikri kompleks so‘rovi shaklida amalga oshirilgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, 83,2 foiz respondentlar korrupsiya O‘zbekiston jamiyatida u yoki bu sohalarda mavjud deb hisoblaydi.
© “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markaziAholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi
Aholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Aholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi
Hududiy kesimda korrupsiya mamlakatda ma’lum darajada mavjudligini anglab yetgan fuqarolarning foizi Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori.
Shahar aholisi vakillari qishloq aholisi bilan solishtirilganda O‘zbekiston jamiyatida korrupsiya mavjudligini ko‘proq qayd etishdi. Ushbu savolga ijobiy javob bergan erkaklarning foizi (tegishli ravishda 87,6 foiz va 80,2 foiz) ayollar foizidan yuqori.
Yosh kesimida 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va (70 yoshdan oshgan) katta yoshlilar vakillari orasida jamiyatda korrupsiya mavjud deb hisoblaydiganlarning foizi boshqa yosh toifalari fuqarolariga nisbatan yuqori.
So‘rov ishtirokchilarining ta’kidlashicha, ta’lim tizimi (38,4 foiz), sog‘liqni saqlash sohasi (35,3 foiz) va ishga joylashishda (22,6 foiz) poraxo‘rlik keng tarqalgan.
Mansabdor shaxslarning qancha qismi korrupsiyaga mubtalo bo‘lgan degan savolga ishtirokchilarning 38,7 foizi ayrim vakillari, 32,4 foizi deyarli har ikkinchisi, 17,2 foizi esa katta qismi deb javob bergan.
Kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra, korrupsiyaga ko‘plab omillar sabab bo‘ladi va so‘rovning 26,9 foiz ishtirokchilari quyidagilarni asosiylaridan biri deb hisoblaydi.
ijro etuvchi hokimiyatning qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari oldidagi mas’uliyatsizligi;
ko‘plab burokratik tartibotlarning mavjudligi;
ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun taqiqlar;
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mansabdor shaxslar faoliyati ustidan tegishli nazoratning yo‘qligi.
So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, fuqarolar jinoiy javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirishni korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali chorasi deb hisoblashadi.
So‘rov
Sizningcha, korrupsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0