Dunyoda

AQSH Yaponiyada militaristik kuchlarni qoʻllab-quvvatlamoqda - Narыshkin

Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
AQSH Yaponiyani barcha mavjud vositalar yordamida, jumladan yadroviy qurol bilan ham himoya qilishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Yaponiya ichida agressiv tashqi siyosat tarafdori boʻlgan kuchlar AQSH tomonidan boshqarilmoqda. Ushbu kuchlar tomonidan targʻib etilayotgan siyosiy nuqtai nazarlar Osiyo-Tinch okeani hududida barqarorlik boʻlishiga xalal bermoqda, dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narыshkin Moskvada boʻlib oʻtgan davra suhbatida.
Yaponiya harbiy jinoyatchilari ustidan boʻlib oʻtgan Tokio sudining 75-yilligiga bagʻishlangan anjumanda Narыshkin Yaponiya militarizmi asosida kunchiqar mamlakati madaniyati va anʼanalari emas, balkim AQSH tomonidan oʻtkazilgan bosim sabab boʻlgan. Yapon xalqining oʻzi esa “nozik tabiat va marhamatli”.
“Afsuski, rasmiy Tokio hozirga qadar Ikkinchi jahon urushi yillarida militaristlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun sidqidildan pushaymon qilgani yoʻq”, dedi Narыshkin.
“Yaponiyada haliyam mamlakatning Urushdan soʻnggi yillarda tinchlik yoʻlidan borayotganidan norozi kuchlar bor. Oʻz oʻtmishidan xulosa chiqara olmagan ayrim guruhlar yana AQSH koʻmagi ostida agressiv tashqi siyosat oʻtkazishga undamoqda. Bu albatta Osiyo-Tinch okeani hududida barqarorlik oʻrnatilishiga xizmat qilmaydi, - dedi Tashqi razvedka xizmati direktori. - Yaxshiyamki Yaponiyada ulardan boshqa, oqilona ovozlar ham bor”.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Yaponiya va AQSH Tayvan boʻgʻozida tinchlik tarafdori ekanliklari haqida birgalikda bayonot eʼlon qilgan edilar. Shuningdek, AQSH Yaponiyani barcha mavjud vositalar yordamida, jumladan yadroviy qurol bilan ham himoya qilishga tayyor ekanini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala