Kolumnistlar

Baydenga ruslarni Chexiyadan joʻnatib yuborish nega kerak?

© REUTERS / STRINGERRossiyskiye diplomatы zaxodyat v samolet aviakompanii "Rossiya" v aeroportu Pragi
Rossiyskiye diplomatы zaxodyat v samolet aviakompanii Rossiya v aeroportu Pragi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Amaldagi “natocha birdamlik” nima? Yoʻq, bu NATO tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning beshincha moddasi emas.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Hozir birdamlik Atlantikaning har ikki tomoni Rossiya bilan yomon munosabatlarga ega boʻlishida namoyon boʻlmoqda. Amerika-Rossiya munosabatlari yanada yomonlashsa, Yevropaning undan ortda qolishga haqqi yoʻq.
U yerda Berlin yoki Parijda nima deb oʻylashlari ham muhim emas - yevropaliklar boʻlib oʻtayotgan voqealar yuzasidan fikr yuritishga ulgurmaydigan yuqori xavotirlik muhitini yaratish.
Shtatlar Rossiyaga qarshi yangi, jumladan, diplomatlarimizni chiqarib yuborishni oʻz ichiga olgan sanktsiyalar kiritishi bilanoq, Polsha uch nafar Rossiya elchixonasi xodimlarini persona non grata deb eʼlon qilishga shoshildi.
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Rossiya
Rossiya TIV Chexiyaga norozilik bildirdi
Biroq bu asosiy ishdan – Chexiya 18 nafar diplomatlarimizni chiqarib yuborish va Skripallar ishi yuzasidan mashhur boʻlgan Boshirov va Petrovlarni 2014 yili harbiy omborlardagi portlashlarda ayblash qaroridan - oldin chigil yozish edi.
“Bu 1968 yildan buyon mamlakatimizga uyushtirilgan eng yirik hujum edi”, - deyishdi chex parlamentida, hukumat esa YEI boshqa mamlakatlaridan “rus diversiyani” qoralashni, bundan tashqari, yana biror bir yangi sanktsiyalar qoʻllashni talab qildi.
Bularning hammasi bir necha haftaki rus yoʻnalishida Gʻarb uchun muhokama qilinayotgan ikkita asosiy mavzu ortidan roʻy bermoqda: “Rossiyaning Ukrainaga kutilayotgan bostirib kirishi” va “Aleksey Navalniyning asta-sekin qamoqda oʻldirilishi” qoʻrquvi oldida.
Joan Rouling va Benedikt Kamberbetch Putindan Navalniyga tibbiy yordam koʻrsatishni soʻramoqda (goʻyoki unga uni koʻrsatishdan bosh tortayotgandek), Emmanuel Makron esa Rossiya uchun baʼzi bilan “qizil” chiziqlarni belgilashni taklif qilmoqda. Ularni kesib oʻtmaslik (birinchi navbatda, tabiiyki, Ukraina nazarda tutilmoqda) lozim. Boz ustiga u adolatli muloqot zarurligini bot-bot takrorlamoqda.
Estoniyaning sobiq prezidenti Ilvesning chinakamiga qoʻrqib ketgani va Rossiyadan Yevropaga boʻlgan har qanday safarga taqiq joriy etishni taklif qilgani ajablanarli emas.
Zdaniye MID RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya
Rossiya TIV 20 nafar chexiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini eʼlon qildi
Darqaqiqat, maynabozchilikni bas qilish kerak, hammasi shunchalik osonku axir – “temir pardani” tushirib, Rossiyadan yopilish, shu bilan birga Ukrainani NATOga qabul qilish zarur vassalom.
Germaniyadagi Ukraina elchisi kuni kecha nemislardan Nelajnayani harbiy alyansga (imkon qadar tezroq va hech qanday shartsiz) qoʻshilishini taʼminlashni talab qildi-ku, chunki “aynan GFR zimmasida ukrain xalqiga qarshi fashistlar jinoyatlari uchun tarixiy javobgarlik bor”.
Buni qarang, oʻshanda siz bizni oʻldirgan edingiz, hozir emas himoya qilishga majbursiz. Kimdan? Oʻsha sizlar oʻshanda urush qilgan ruslardan. Nimasi tushunarsiz? Berayotgan vaqtda rus yerlarini olib qoling.
Bu jinnixona, albatta, Yevropa foydasiga emas – shundoq ham u qiyin vaqtlarni boshdan kechirmoqda (pandemiya emas muammolarni yana murakkablashtiryapti, xolos), uni esa Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishga majburlashmoqda.
Voyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Kolumnistlar
“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda
Natochilarga nima kerakligi ayon: Baydenning Putin bilan boʻlajak savdosida (Vashingtonda buni shunday koʻrishadi) Amerika prezidenti maksimal kuchli pozitsiyani egallay olishi, Gʻarb dunyosining soʻzsiz yetakchisi sifatida koʻrsata olishi uchun.
Boʻlmasa, yaxshi boʻlmaydi, agar Baydenning ortidan Yevropada kim bilsin nimalar sodir boʻlsa, Putin axir shundoq ham yagona Gʻarb parchalanishi (natochilar barchani bunga ishontirishga ulgurishdi) ustida ish olib borishga ustomon. Shunday ekan unga Bayden butun NATO blokining haqiqiy dohiysi ekaniga shubha qilishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
Voqelik, darhaqiqat, bunday rejalarga xayrixohlik koʻrsatmaydi: na YEI va Shtatlar, na Yevropaning oʻzida biror bir yagonalik bor. Yevropada nima boʻlibdi, YEIning asosiy mamlakatlarida ichkielita ixtilofliklar oʻsmoqda.
Germaniyaning hukmron partiyasi kim Merkelning vorisi boʻlishi haqida hech bir toʻxtamga kela olmayapti, Frantsiyada hukumat ichida bir yildan keyin tizimsiz Marin Le Pen prezident boʻlishi mumkinligi sabab asabiylik kuchaymoqda. Qanaqa Ukraina, qanaqa Navalniy, qanaqa “qizil chiziqlar”?
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Video
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
Gap hatto aksariyat yevropa elitasining istamasligi (aholi bu yoqda turib tursin) va Rossiya bilan munosabatlar inqirozi yoʻlidan ketishda davom etishda emas – gap diqqatni sunʼiy keskinlashgan nizolarga qaratmasdan, bugun va hozir hal qilish bilan shugʻullanish zarur boʻlgan mamlakatlarning oʻzining muammolari, YEIdagi muammolar haqida.
Chalgʻimaslikning imkoni yoʻq, boz ustiga biryoʻla bir necha mavzuga: Ukraina, Navalniy, “Yevropada GRUdan boʻlgan rus qotillari” (avvaliga Skripallarni oxirigacha oʻldira olishmadi, endi esa xatolik bilan, yaʼni muddatidan avval chex omborini portlatdi) – buning hammasi Yevropa fuqarosi uchun qoʻrqinchli boʻlishi va siyosatchilarning tabiiy (sanktsiyali) munosabatiga sabab boʻlishi darkor.
Lekin nimadir shipshityaptiki, hozirgi sayʼ-harakatlar hech bir narsaga olib kelmaydi, va “Vrbetitsedagi ombor portlashini” “Solsberidagi zaharlash” darajasida aylantirishga muvaffaq boʻlinmaydi.
Yevropaning ayni damda Rossiya bilan munosabatlarni keskinlantirishga oʻynashining deyarli imkoni yoʻq. Natoparast va rusofoblar kuchlarning Yevropa elitasidagi bosimi ziddiyatga duch keladi. Chunki ular Ukraina ustidagi xayolik nazorat ortidan quvib, oʻz mamlakatlaridan haqiqiy nazoratni yoʻqotishni istamaydi.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
“Qizil chiziqlar” hozir Yevropaning sharqidan emas, ustiga ustak uning rus qismidan emas (natochilar qoʻlidan u yerda oʻrnatish kelmaydi ham), balki Gʻarbiy Yevropa yadrosining ichidan oʻtmoqda.
Ularni kesib oʻtish esa - ham oʻzining xalqi, ham milliy suverenitetiga nisbatan – yevropa elitalarining oʻzi uchun xavfli.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala