Baydenga ruslarni Chexiyadan jo‘natib yuborish nega kerak?

© REUTERS / STRINGERRossiyskie diplomati zaxodat v samolet aviakompanii "Rossiya" v aeroportu Pragi
Rossiyskie diplomati zaxodat v samolet aviakompanii Rossiya v aeroportu Pragi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Amaldagi “natocha birdamlik” nima? Yo‘q, bu NATO tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning beshincha moddasi emas.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Hozir birdamlik Atlantikaning har ikki tomoni Rossiya bilan yomon munosabatlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘lmoqda. Amerika-Rossiya munosabatlari yanada yomonlashsa, Yevropaning undan ortda qolishga haqqi yo‘q.
U yerda Berlin yoki Parijda nima deb o‘ylashlari ham muhim emas - yevropaliklar bo‘lib o‘tayotgan voqealar yuzasidan fikr yuritishga ulgurmaydigan yuqori xavotirlik muhitini yaratish.
Shtatlar Rossiyaga qarshi yangi, jumladan, diplomatlarimizni chiqarib yuborishni o‘z ichiga olgan sanksiyalar kiritishi bilanoq, Polsha uch nafar Rossiya elchixonasi xodimlarini persona non grata deb e’lon qilishga shoshildi.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Rossiya TIV Chexiyaga norozilik bildirdi
Biroq bu asosiy ishdan – Chexiya 18 nafar diplomatlarimizni chiqarib yuborish va Skripallar ishi yuzasidan mashhur bo‘lgan Boshirov va Petrovlarni 2014-yili harbiy omborlardagi portlashlarda ayblash qaroridan - oldin chigil yozish edi.
“Bu 1968-yildan buyon mamlakatimizga uyushtirilgan eng yirik hujum edi”, - deyishdi chex parlamentida, hukumat esa YeI boshqa mamlakatlaridan “rus diversiyani” qoralashni, bundan tashqari, yana biror bir yangi sanksiyalar qo‘llashni talab qildi.
Bularning hammasi bir necha haftaki rus yo‘nalishida G‘arb uchun muhokama qilinayotgan ikkita asosiy mavzu ortidan ro‘y bermoqda: “Rossiyaning Ukrainaga kutilayotgan bostirib kirishi” va “Aleksey Navalniyning asta-sekin qamoqda o‘ldirilishi” qo‘rquvi oldida.
Joan Rouling va Benedikt Kamberbetch Putindan Navalniyga tibbiy yordam ko‘rsatishni so‘ramoqda (go‘yoki unga uni ko‘rsatishdan bosh tortayotgandek), Emmanuel Makron esa Rossiya uchun ba’zi bilan “qizil” chiziqlarni belgilashni taklif qilmoqda. Ularni kesib o‘tmaslik (birinchi navbatda, tabiiyki, Ukraina nazarda tutilmoqda) lozim. Boz ustiga u adolatli muloqot zarurligini bot-bot takrorlamoqda.
Estoniyaning sobiq prezidenti Ilvesning chinakamiga qo‘rqib ketgani va Rossiyadan Yevropaga bo‘lgan har qanday safarga taqiq joriy etishni taklif qilgani ajablanarli emas.
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya TIV 20 nafar chexiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi
Darqaqiqat, maynabozchilikni bas qilish kerak, hammasi shunchalik osonku axir – “temir pardani” tushirib, Rossiyadan yopilish, shu bilan birga Ukrainani NATOga qabul qilish zarur vassalom.
Germaniyadagi Ukraina elchisi kuni kecha nemislardan Nelajnayani harbiy alyansga (imkon qadar tezroq va hech qanday shartsiz) qo‘shilishini ta’minlashni talab qildi-ku, chunki “aynan GFR zimmasida ukrain xalqiga qarshi fashistlar jinoyatlari uchun tarixiy javobgarlik bor”.
Buni qarang, o‘shanda siz bizni o‘ldirgan edingiz, hozir emas himoya qilishga majbursiz. Kimdan? O‘sha sizlar o‘shanda urush qilgan ruslardan. Nimasi tushunarsiz? Berayotgan vaqtda rus yerlarini olib qoling.
Bu jinnixona, albatta, Yevropa foydasiga emas – shundoq ham u qiyin vaqtlarni boshdan kechirmoqda (pandemiya emas muammolarni yana murakkablashtirapti, xolos), uni esa Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirishga majburlashmoqda.
Voyennoslujashie Ukraini vo vremya aktivnoy fazi sovmestnix voyennix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda
Natochilarga nima kerakligi ayon: Baydenning Putin bilan bo‘lajak savdosida (Vashingtonda buni shunday ko‘rishadi) Amerika prezidenti maksimal kuchli pozitsiyani egallay olishi, G‘arb dunyosining so‘zsiz yetakchisi sifatida ko‘rsata olishi uchun.
Bo‘lmasa, yaxshi bo‘lmaydi, agar Baydenning ortidan Yevropada kim bilsin nimalar sodir bo‘lsa, Putin axir shundoq ham yagona G‘arb parchalanishi (natochilar barchani bunga ishontirishga ulgurishdi) ustida ish olib borishga ustomon. Shunday ekan unga Bayden butun NATO blokining haqiqiy dohiysi ekaniga shubha qilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Voqelik, darhaqiqat, bunday rejalarga xayrixohlik ko‘rsatmaydi: na YeI va Shtatlar, na Yevropaning o‘zida biror bir yagonalik bor. Yevropada nima bo‘libdi, YeIning asosiy mamlakatlarida ichkielita ixtilofliklar o‘smoqda.
Germaniyaning hukmron partiyasi kim Merkelning vorisi bo‘lishi haqida hech bir to‘xtamga kela olmayapti, Fransiyada hukumat ichida bir yildan keyin tizimsiz Marin Le Pen prezident bo‘lishi mumkinligi sabab asabiylik kuchaymoqda. Qanaqa Ukraina, qanaqa Navalniy, qanaqa “qizil chiziqlar”?
NATO samolyotlari Rossiya chegaralariga tez-tez yaqinlashmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
NATO "josuslari" Rossiya chegaralari yaqinida. Ularga Kamchatka va Donbass nima uchun kerak
Gap hatto aksariyat yevropa elitasining istamasligi (aholi bu yoqda turib tursin) va Rossiya bilan munosabatlar inqirozi yo‘lidan ketishda davom etishda emas – gap diqqatni sun’iy keskinlashgan nizolarga qaratmasdan, bugun va hozir hal qilish bilan shug‘ullanish zarur bo‘lgan mamlakatlarning o‘zining muammolari, YeIdagi muammolar haqida.
Chalg‘imaslikning imkoni yo‘q, boz ustiga biryo‘la bir necha mavzuga: Ukraina, Navalniy, “Yevropada GRUdan bo‘lgan rus qotillari” (avvaliga Skripallarni oxirigacha o‘ldira olishmadi, endi esa xatolik bilan, ya’ni muddatidan avval chex omborini portlatdi) – buning hammasi Yevropa fuqarosi uchun qo‘rqinchli bo‘lishi va siyosatchilarning tabiiy (sanksiyali) munosabatiga sabab bo‘lishi darkor.
Lekin nimadir shipshitaptiki, hozirgi say’-harakatlar hech bir narsaga olib kelmaydi, va “Vrbetitsedagi ombor portlashini” “Solsberidagi zaharlash” darajasida aylantirishga muvaffaq bo‘linmaydi.
Yevropaning ayni damda Rossiya bilan munosabatlarni keskinlantirishga o‘ynashining deyarli imkoni yo‘q. Natoparast va rusofoblar kuchlarning Yevropa elitasidagi bosimi ziddiyatga duch keladi. Chunki ular Ukraina ustidagi xayolik nazorat ortidan quvib, o‘z mamlakatlaridan haqiqiy nazoratni yo‘qotishni istamaydi.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
“Qizil chiziqlar” hozir Yevropaning sharqidan emas, ustiga ustak uning rus qismidan emas (natochilar qo‘lidan u yerda o‘rnatish kelmaydi ham), balki G‘arbiy Yevropa yadrosining ichidan o‘tmoqda.
Ularni kesib o‘tish esa - ham o‘zining xalqi, ham milliy suverenitetiga nisbatan – yevropa elitalarining o‘zi uchun xavfli.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0