Dunyoda

Bishkekda erkak “Issiqkoʻl ildizi” damlamasidan zaharlandi

© REUTERS / VLADIMIR PIROGOVProdaja Issыk-Kulskogo kornya na rыnke v Bishkeke. 17 aprelya 2021 goda
Prodaja Issыk-Kulskogo kornya na rыnke v Bishkeke. 17 aprelya 2021 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Bishkekda Issiqkoʻl ildizidan tayyorlangan damlamani ichgan kishi zaharlandi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Qirgʻizistonda Issiqkoʻl ildizidan tayyorlangan damlamadan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 63 yoshli erkak zaharli oʻsimlikdan tayyorlangan damlamani ichgan. Ayni damda bemor kasalxonaga yotqizilgan.
Oʻtgan haftada mamlakat prezidenti va sogʻliqni saqlash vaziri "Issiqkoʻl ildizi bilan davolash"ni taklif qilingandi. Ularning fikriga koʻra, damlama yordamida "2-3 kun ichida bemor COVIDdan shifo topadi".
Qirgʻiziston SSV 300 nafar kishi damlama bilan davolangani haqida xabar bergandi. Oʻtgan juma kuni Sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani vaqtida "uu korgoshuun" ("qoʻrgʻoshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichgandi.
Bir necha kundan soʻng Sadir Japarovning "davolanishning moʻʼjizaviy usuli" haqida Facebookda qoʻyilgan postlari oʻchirib tashlandi.
Parlamentning ijtimoiy masalalar, taʼlim, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash masalari boʻyicha qoʻmitasi Beyshenaliyevga ishonchsizlik bildirib, uni lavozimdan ozod etish toʻgʻrisida bosh vazirga taklif yubordi.
Issiqkoʻl ildizi - zaharli oʻsimlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirgʻiziston OAVlari Issiqkoʻl ildizi bilan zaharlanishdan koʻplab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala