Bishkekda erkak “Issiqko‘l ildizi” damlamasidan zaharlandi

© REUTERS / VLADIMIR PIROGOVProdaja Issik-Kulskogo kornya na rinke v Bishkeke. 17-aprelya 2021 goda
Prodaja Issik-Kulskogo kornya na rinke v Bishkeke. 17-aprelya 2021 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
Bishkekda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamani ichgan kishi zaharlandi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamadan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 63 yoshli erkak zaharli o‘simlikdan tayyorlangan damlamani ichgan. Ayni damda bemor kasalxonaga yotqizilgan.
O‘tgan haftada mamlakat prezidenti va sog‘liqni saqlash vaziri "Issiqko‘l ildizi bilan davolash"ni taklif qilingandi. Ularning fikriga ko‘ra, damlama yordamida "2-3 kun ichida bemor COVIDdan shifo topadi".
Qirg‘iziston SSV 300 nafar kishi damlama bilan davolangani haqida xabar bergandi. O‘tgan juma kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani vaqtida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichgandi.
Bir necha kundan so‘ng Sadir Japarovning "davolanishning mo‘’jizaviy usuli" haqida Facebookda qo‘yilgan postlari o‘chirib tashlandi.
Parlamentning ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash masalari bo‘yicha qo‘mitasi Beyshenaliyevga ishonchsizlik bildirib, uni lavozimdan ozod etish to‘g‘risida bosh vazirga taklif yubordi.
Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0