Jamiyat

COVID-19 oʻta ogʻir kechishini oldindan aniqlash belgisi topildi

© AFP 2018 / JOHN MOOREPatsiyent na apparate IVL, illyustrativnoye foto
Patsiyent na apparate IVL, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
SAA miqdorini aniqlash orqali, COVID-19 ogʻir kechishini oldindan aniqlash mumkin hamda davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin.
TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Italiya va Avstraliyalik bir guruh olimlar koronavirus ogʻir kechishi va oʻlim bilan tugashiga sabab boʻladigan sababni topishdi.
Olimlar 2020 yilning yanvar oyidan boshlab dekabr oyiga qadar 5617 nafar bemorlarda olib borgan kuzatuvlari natijasida 19ta ilmiy ish yozishgan. Ushbu tadqiqotlar natijasi International Journal of Infectious Diseases jurnalida chop etilgan.
Barcha tadqiqotlar natijasi umumlashtirilganda, COVID-19 ogʻir kechish yoki oʻlim bilan tugagan bemorlarda zardobli amiloid A (serum amyloid A) yoki SAA miqdori keskin koʻpayishi kuzatilgan.
Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2020
Jamiyat
Mutaxassis qanday bemorlarda koronavirus ogʻir kechishi mumkinligini aytdi
Olimlar aytishiga qaraganda, kasallik yengil kechgan bemorlarga nisbatan ushbu bemorlarda birinchi 24-48 soat ichida SAA miqdori 1000 barobar oshib ketishi kuzatilgan.
Professor Arduino Mangoni (Arduino A. Mangoni), aytishiga qaraganda zardobli amiloid A jigarda paydo boʻladi va sogʻlom kishi qon zardobida uning miqdori 20-50 mg/l boʻladi. Kasallikning birinchi va oʻtkir bosqichida, tana harorati oshishi va boshqa gormonal oʻzgarishlar qatorida SAA miqdori ham oshadi.
Lekin SAA miqdori keskin oshgan bemorlarda tsitokin shtormi yoki gipertsitokinemiya ham sodir boʻlishi mumkin. Bu esa oʻz navbatatida kasallikning oʻta ogʻir kechishiga olib keladi. Bunday bemorlarda yalligʻlanish holatlari oshishi, qon quyulishi, oʻpka, yurak va jigarlar ogʻir jarohatlanishi kuzatilgan.
SAA miqdori keskin oshishi, aksariyat hollarda, ortiqcha vaznga ega boʻlgan, qandli diabetga chalingan, surunkali yurak-qon tomir kasalliklari bor boʻlgan bemorlarda kuzatilgan.

Yuqorida oʻtkazilgan ilmiy ish va xulosalarning asosiy foydasi shundaki - SAA miqdori koʻrsatgichi orqali, COVID-19 ogʻir kechishini oldindan aniqlab davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda koronavirus aniqlangan holatlari 87225 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 2053 nafari tibbiy muassaslarga joylashtirilgan. Ular orasida 238 - nafar bemor ogʻir ahvolda, 109 nafar esa - oʻta ogʻir ahvolda.
Shu kunga qadar Oʻzbekiston boʻyicha kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala