COVID-19 o‘ta og‘ir kechishini oldindan aniqlash belgisi topildi

© AFP 2023 / JOHN MOOREPatsiyent na apparate IVL, illyustrativnoe foto
Patsiyent na apparate IVL, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Obuna bo‘lish
SAA miqdorini aniqlash orqali, COVID-19 og‘ir kechishini oldindan aniqlash mumkin hamda davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin.
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Italiya va Avstraliyalik bir guruh olimlar koronavirus og‘ir kechishi va o‘lim bilan tugashiga sabab bo‘ladigan sababni topishdi.
Olimlar 2020-yilning yanvar oyidan boshlab dekabr oyiga qadar 5617 nafar bemorlarda olib borgan kuzatuvlari natijasida 19ta ilmiy ish yozishgan. Ushbu tadqiqotlar natijasi International Journal of Infectious Diseases jurnalida chop etilgan.
Barcha tadqiqotlar natijasi umumlashtirilganda, COVID-19 og‘ir kechish yoki o‘lim bilan tugagan bemorlarda zardobli amiloid A (serum amyloid A) yoki SAA miqdori keskin ko‘payishi kuzatilgan.
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2020
Mutaxassis qanday bemorlarda koronavirus og‘ir kechishi mumkinligini aytdi
Olimlar aytishiga qaraganda, kasallik yengil kechgan bemorlarga nisbatan ushbu bemorlarda birinchi 24-48 soat ichida SAA miqdori 1000 barobar oshib ketishi kuzatilgan.
Professor Arduino Mangoni (Arduino A. Mangoni), aytishiga qaraganda zardobli amiloid A jigarda paydo bo‘ladi va sog‘lom kishi qon zardobida uning miqdori 20-50 mg/l bo‘ladi. Kasallikning birinchi va o‘tkir bosqichida, tana harorati oshishi va boshqa gormonal o‘zgarishlar qatorida SAA miqdori ham oshadi.
Lekin SAA miqdori keskin oshgan bemorlarda sitokin shtormi yoki gipersitokinemiya ham sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z navbatatida kasallikning o‘ta og‘ir kechishiga olib keladi. Bunday bemorlarda yallig‘lanish holatlari oshishi, qon quyulishi, o‘pka, yurak va jigarlar og‘ir jarohatlanishi kuzatilgan.
SAA miqdori keskin oshishi, aksariyat hollarda, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, qandli diabetga chalingan, surunkali yurak-qon tomir kasalliklari bor bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan.

Yuqorida o‘tkazilgan ilmiy ish va xulosalarning asosiy foydasi shundaki - SAA miqdori ko‘rsatgichi orqali, COVID-19 og‘ir kechishini oldindan aniqlab davolash muolajalarini tezroq va aniqroq belgilash mumkin, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlari 87225 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 2053 nafari tibbiy muassaslarga joylashtirilgan. Ular orasida 238 - nafar bemor og‘ir ahvolda, 109 nafar esa - o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu kunga qadar O‘zbekiston bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0