Hodisalar

Fuqaroni Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Firibgar fuqarodan aviachipta, taklifnoma hamda koronavirus aniqlanmaganligi toʻgʻrisida PZR-test maʼlumotnomasi evaziga 1200 dollar soʻragan.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. DXX va IIV xodimlari Andijon shahrida Rossiyaga soxta hujjatlar bilan yubormoqchi boʻlgan firibgarni qoʻlga oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, 25 yoshli I.S. mahalliy fuqaro bilan uchrashib, unga oʻzini sayyohlik firmasi xodimi sifatida tanishtirgan. Keyin uni Rossiyaga ketishida yordam berishini aytadi.
Firibgar aviachipta, Rossiya tibbiy muassasalarida davolanish uchun taklifnoma hamda koronavirus aniqlanmaganligi toʻgʻrisida PZR-test maʼlumotnomasi evaziga 1200 dollar soʻraydi.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Hodisalar
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qoʻlga olindi
U fuqaroga qalbaki hujjatlarni berib, undan 1100 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda I.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyatida fuqarolarni Rossiyaga qalbaki hujjatlar orqali yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala