Dunyoda

Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel

"SHO-2" atrofida paydo boʻlgan barcha tortishuvlar – Moskva va Yevropa malakatlari orasidagi siyosiy kurash oqibatidir, -.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi va Rossiya bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish tarafdori dedi Angela Merkel Yevoropa Ittifoqi parlamentlar assambleyasi (PASE) yigʻilishida.
Merkel aytishiga koʻra, ushbu loyiha atrofida paydo boʻlgan barcha tortishuvlar – Moskva va Yevropa malakatlari orasidagi siyosiy kurash oqibatidir.
“Aytmoqchiman-ki, “Shimoliy oqim-1” orqali kelayotgan gaz yoki Ukraina yoki Turkiya orqali oʻtgan gaz quvuridan kelayotgan gazdan yomon emas”, - dedi Merkel.
Germaniya kantsleri aytishiga koʻra, 2019 yilda qabul qilingan gaz direktivasiga koʻra, unga Uchinchi energopaket qoidalarini tatbiq etish yoki etmaslikni dengiz orqali gaz quvuri kirib kelgan Yevropa davlatining oʻzi hal qiladi.
Rossiya Davlat Dumasining energetika qoʻmitasi rahbari Pavel Zavalnыy “Shimoliy oqim-2” yoz oxiriga qadar qurib bitkazilishini maʼlum qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, “Shimoliy oqim-2” yiliga 55 milliard metr kub gaz oʻtkazish qobiliyatiga ega boʻlga ikkita gaz quvuridan iborat boʻlib, Rossidan boshlanadi va Boltiq dengizi orqali Germanya hududiga qadar yetib boradi.
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Kolumnistlar
Hammasi Moskvaning “oʻzini tutishiga” bogʻliq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatadimi?
AQSH ushbu loyihaga keskin qarshi chiqmoqda va 2019 yilning dekabridan boshlab loyihada ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarga qarshi qattiq sanktsiyalar qoʻllay boshlagan. Oqibatda Shveytsariyaning quvur yotqizuvchi Allseas kompaniyasi ishini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.
Rossiya ushbu loyihadan faqat iqtisodiy maqsad yoʻlida foydalanishni niyat qilganini bir necha bor taʼkidlashiga qaramasdan AQSH, Ukraina, Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari “Shimoliy oqim-2” qurilishini toʻxtatib qolishga harakat qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala