Dunyoda

Oltinchi muddatga qayta saylangan Chad prezidenti jangda olgan jarohatdan vafot etdi

© AP Photo / Michel EulerPrezident Chada Idriss Debi Itno
Prezident Chada Idriss Debi Itno - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Chad yetakchisi oʻtgan dam olish kunlari boʻlib oʻtgan jangovar harakatlar vaqtida juda qattiq jarohat olgan.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Chad prezidenti Idriss Debi Itno 20 aprel, seshanba kuni, isyonchilarga qarshi jangovar harakatlar vaqtida olgan jarohatdan vafot etdi. Bu haqda “Agence France Press” nashri Chad davlat televideniyesiga tayangan holda xabar qildi.
“Prezident va oliy bosh qoʻmondon Idriss Debi Itno hozirgina vafot etdi ”, - degan efir vaqtida Chad armiyasining rasmiy vakili polkovnik Azema Bermandoa.
Uning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari oʻtgan dam olish kunlari boʻlib oʻtgan jangovar harakatlar vaqtida juda qattiq jarohat olgan. Oʻsha kuni Idriss Debi Itno mamlakat poytaxti Njamenadan shimol tarafda isyonchilar boʻlinmalarini yoʻq qilish amaliyotiga rahbarlik qilgan.
Avvalroq 20 aprel kuni Chad mustaqil milliy saylov komissiyasi mamlakatni 1990 yildan beri boshqarib kelayotgan general Idriss Debi Itno 11 aprel kuni mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida gʻalaba qozonganini eʼlon qilgan edi. U saylovchilarning 79,32 foiz ovozini olib, oltinchi muddatga qayta saylangan.
“Chaddagi oʻzgarish va inoqlik fronti” qurollangan isyonchi guruh boʻlinmalari Liviyadagi bazalaridan chiqib, saylovlar kuni 11 aprelda Chad hududiga bostirib kirgan. Ularni hukumat qoʻshinlari tor-mor etgan. Jangda 300 nafardan ziyod isyonchi oʻldirilgan, yana 150 nafari asirga olingan. Amaliyotga prezidentning shaxsan oʻzi rahbarlik qilgan. Jang vaqtida davlat rahbari qattiq yaralangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala