Dunyoda

Qamoqxonaga kokain olib kirmoqchi boʻlgan mushuk ushlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovKot v kletke
Kot v kletke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Panamada narkotik moddalar solingan oʻramlarni qamoqxona hududiga olib kirmoqchi boʻlgan mushuk ushlandi - foto
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Panamada mushuk qamoqxonaga kokain va marixuana oʻramini olib oʻtishga "urindi", deb xabar qildi Panama America nashri mahalliy prokuror Eduardo Rodrigez maʼlumotiga asosan.
Jonivor 1,7 mingga yaqin mahkum saqlanadigan Kolon shahridagi Nueva-Esperansa qamoqxonasi hududiga kirishga urindi. Mushuk tanasiga lenta bogʻlangan boʻlib, unda kokain, krek va marixuana solingan xaltalar joylashtirilgan.
Prokurorning soʻzlariga koʻra, mahbuslar uysiz hayvonlarni oziq-ovqat berib chaqirishadi. Ular qamoqxonada ovqatlanishga oʻrganib, muntazam ravishda kelishadi, shu bilan bir vaqtda narko-kuryer vazifasini ham bajaradi.
Bu qamoqxonada bunday birinchi holat emas. Avvalroq, narkokuryer-kaptar ushlangandi.
Panama prokuraturasi qamoqxonaga noqonuniy moddalarni olib kirishda uy hayvonlaridan foydalanish yuzasidan tergov ishini boshladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala