Dunyoda

Rossiya Qozogʻistonda AES qurishga tayyor

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM
Maket AES na stende Rostexa v ramkax vыstavki INNOPROM - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Agar Qozogʻistonda tegishli qaror qabul qilinsa, Rossiya atom elektr stantsiyasi qurilishiga kirishishi mumkin, dedi elchi.
TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Rossiya va Qozogʻistonning atom energetikasidan tinchlik maqsadida foydalanish boʻyicha hamkorligi bir joyda turgani yoʻq, dedi Rossiya Federatsiyasining Qozogʻiston Respublikasidagi elchisi Aleksey Borodavkin.
Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar bermoqda.
"Shuni takrorlamoqchimanki, agar Qozogʻistonda tegishli qaror qabul qilinsa, Rossiya bu yerda atom elektrostantsiyasini qurishga tayyor boʻladi", - deb bayonot bergan Borodavkin "Rossiya va Qozogʻiston: 30 yillik strategik sheriklik va hartomonlama hamkorlik" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda.
Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske, Ukraina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.01.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda AES ishga tushsa boshqa respublikalarda ham qiziqish paydo boʻladi – ekspert
Elchi oʻz nutqida "koordinatalar dunyoqarashi tizimi, xalqlarimiz oʻrtasidagi bir-biriga mos keladigan bazaviy qadriyatlar asrlar davomida shakllanib kelganligini" taʼkidladi. Ulkan Yevroosiyo makonlari xalqlarni boʻlmadi, balki ularni birlashtirdi, deya davom etdi u.

"Ruslar va qozoqlar Ulugʻ Vatan urushi frontlarida birga jang qilishgan, natsist Germaniyasini tor-mor qilishgan. Aynan qozoq zaminidan insoniyat fazoga qadam qoʻygan. Uchinchi jahon urushining oldini olishga imkon bergan sobiq sovet ittifoqi respublikalari yadroviy qalqoni bu yerda yaratilgan. Ammo biz qatagʻon yillari, 30-yillardagi ochlik, xalqlarning zoʻrlik bilan deportatsiya qilinishi, yadroviy sinovlarning oqibatlari va sobiq Sovet ittifoqidagi boshqacha fikrlashning kuch bilan bostirilishi haqida ham yaxshi eslaymiz. Bu ham bizning umumiy tariximizdir", - dedi Rossiyaning Qozogʻistondagi elchisi Aleysey Borodavkin.

Borodavkin Rossiya Qozogʻiston bilan mintaqaviy va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Orol dengizini qutqarish, Ural va Irtish daryolaridagi suvdan foydalanish orqali "yashil" yoʻlda aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini qoʻshimcha qildi.
2019 yilda Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev atom elektr stantsiyasi qurilishi hozircha rejalashtirimayotganini maʼlum qilgan edi. Agar zarurat tugʻilsa, mamlakatda bu masalada referendum oʻtkazish mumkin, degan Tokayev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala