Kolumnistlar

Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishKorabli Kaspiyskoy flotilii
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Qora dengizga Kaspiy flotiliyasi raketa, artilleriya va desant kemalarining oʻta noyob tarzda oʻtkazilishi – Rossiyaning janubi-gʻarbiy strategik yoʻnalishda istalgan tahdidni tezkorlik bilan qaytarishga tayyorligini namoyish etadi.
Agarda Qora dengizni shaxmat taxtasiga qiyoslaydigan boʻlsak, u holda "sipoh"lar soni Rossiyada koʻproq boʻlib, qolaversa ular Gʻarb tomonidan taklif etilgan harbiy-strategik oʻyinda sezilarli darajada samaradordir.
Kaspiy flotiliyasining 15ta kemadan iborat guruhi 17 aprel kuni ertalab Qrim koʻprigi ostidan Kerch qoʻltigʻidan oʻtib, Qora dengizning belgilangan hududi tomon yoʻl oldi. Otryad flotlararo oʻtishni amalga oshirdi, Volga-Don kanalida 13ta shlyuzni yengib, Qora dengiz flotining tezkor boʻysunuviga oʻtdi.
Gruzovoy sostav na Krыmskom mostu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2020
Analitika
Qrim koʻprigi yana AQSH tomogʻidagi suyakka aylandi
Xuddi shu kunning oʻzida Bosfor boʻgʻozidan Qora dengizga Shimoliy flotning ikkita yirik desant kemalari - "Aleksandr Otrakovskiy" va "Kondopoga", sal keyin – Boltiq flotining xuddi shunday - "Kaliningrad" va "Korolyov" kemalari kirib keldi. Qora dengiz floti tarkibidagi yettita katta desant kemalarini hisobga olgan holda Rossiyaning yirik desant kemalari guruhi Qora dengizda 11taga yetdi va ular oʻz bortiga uch mingga yaqin dengiz pexotalarini qurollari va bronetexnikasi (100dan ziyod tanklar) bilan olishi mumkin. Shu bilan birga desant katerlarini ham hisobdan chiqarish kerakmas.
Kaspiy flotiliyasi, Boltiq va Shimoliy flotlar kuchlari Qora dengiz floti bilan hamkorlikda javobgarlik zonasida murakkab sharoitni hisobga olgan holda tashkillashtirilgan keng koʻlamli manyovrlarda ishtirok etmoqdalar. Ular qanotli "Kalibr" raketalari yordamida "liviya stsenariysi"ni hayotga tatbiq etish, yoki 2000 km radiusda "sahroda toʻfon" hosil qilishga qodir, yaʼni tajovuzkorni Yevropaning istalgan davlatida yoʻq qilishi mumkin.
Rossiyskiye istrebiteli Su-27 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Dunyoda
Yana Qora dengizda: Rossiya qiruvchilari Frantsiya harbiy samolyotlarini toʻxtatib qoldi
Shuningdek, Qora dengiz floti va Kaspiy flotiliyasining dengiz pexotalari va qirgʻoq qoʻshinlari boʻlinmalari jalb qilingan.
Rossiyaning janubi-gʻarbiy chegaralariga shuningdek, ikkita umumqoʻshin armiyalar va HDQning uchta diviziyasi, Janubiy harbiy okrug zarba aviatsiyasi oʻtkazilgan.
Quruqlik, dengiz va havodagi qoʻshin va kuchlari qrim guruhining dengiz va havo kuchlari ehtimoliy dushmanning dengiz va havo desantlari tomonidan "qaynoq kutib olinishini" mashq qilishmoqda.

Gʻarb bosimiga javob

Sharqiy Yevropada AQSH armiyasining 26 mamlakatdan 30 ming askar ishtirokidagi Defender Europe 21 mashqlari boʻlib oʻtmoqda, Qora dengiz regionida faol fazasi may oyiga rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib Britaniya harbiy kemalari – esminets va kemalarga qarshi fregatlar yetib keladi – ular Amerikaning kemaga qarshi "Garpun" raketalari, shuningdek, 80 km ga qadar masofada aerodinamik nishonlarni urib tushira oladigan Sea Wolf zenit-raketa majmualari bilan qurollangan. Maʼlumki, Britaniya HDK kemalari Qora dengiz akvatoriyasida Oʻrta dengizdagi "qirolicha Yelizaveta" aviatashuvchisi bortida F-35 koʻp nishonli qiruvchi-bombardimonchilarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Donbassdagi jiddiy ziddiylashuvlar fonida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev avvalroq AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainani Qrimga qarshi fitnalarga undashini aytgan edi.
RF Qurolli kuchlari "Yevropaning ehtimoliy himoyachilariga" preventiv ravishda Qrim qirgʻoqlari va Kerch boʻgʻoziga boʻlgan yoʻllarni yopishmoqda.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
“Tsirkon” raketasi Rossiya qirgʻoqlaridan gʻarb kemalarini haydab yubordi
Rejali harbiy manevrlar bilan bogʻliq ravishda Rossiya 2021 yilning 21 aprelidan 31 oktyabriga qadar Qora dengizning ayrim tumanlarini chet el Harbiy dengiz kuchlari uchun yopmoqda. Gap uchta kema yuradigan uchastkalar haqida bormoqda: Qrimning janubiy qirgʻoqlarida (Sevastopoldan Gurzufgacha), Kerch yarim oroli qirgʻoqlari va Qrimning gʻarbiy chegaralaridagi dengizning kichik uchastkasida.
Aytish joizki, barcha cheklovlar RF hududiy suvlari ichida amal qiladi, ular xalqaro qoidalarga jiddiy mos keladi va Kerch boʻgʻozidagi fuqarolik yuk yetkazib berishlarga mutlaqo monelik qilmaydi.
Ukraina Harbiy kuchlari va NATOning "inqiroz mintaqasida" desant tushirishni mashq qilish mashgʻulotlariga Rossiya Qrim qirgʻoqlarida oʻta qudratli va oʻta aniq nishonga oladigan qanotli raketalarga ega kema zarba guruhini tashkil etish, Qora dengiz "havo armadasi" va Janubiy harbiy okrugni shakllantirish bilan javob qaytarmoqda va uskunalar oʻrnatilmagan qirgʻoqqa oʻz desantlarini tashlash imkoniyatlarini juda ishonarli namoyon etmoqda.
Nыryayuщiy patrulnыy korabl Straj - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Kolumnistlar
Shoʻngʻuvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi
Avvalroq, Qora dengiz akvatoriyasi ustida Janubiy harbiy okrug aviatsiyasi va Qora dengiz flotining dengiz aviatsiyasini keng koʻlamli qoʻshma mashgʻulotlari boshlangan edi - Su-24M va Su-34 frontal bombardimonchilari, Su- 27SM va Su-30SM koʻp nishonli qiruvchilari juda past balandlikda raketalarni uchirish va dengiz nishonlari boʻylab bombardimon qilish shuningdek, Qora dengiz flotining kemalarini himoyalash va ularni kuzatib borish kabi vazifalarni hal qilmoqdalar.
Rossiya Qurolli Kuchlarining qatʼiy hukmronligi sharoitida "Yevropa himoyachilari" Qora dengizdagi manevr kuchlari va vositalarida oʻta cheklangan. Defender Europe 21 rejalarini, ehtimol, oʻzgartirish kerak boʻladi, ammo bu bilan NATOdagi "katta sheriklar" ning obroʻyiga putur yetadi. Pentagonning "kemada yurish erkinligi" qulagani haqidagi qoʻrqinchli bayonotlari ham shundan. Mintaqaviy vaziyat oktyabrda normal holatga keladigan koʻrinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala