Hodisalar

Samarqandda erkak farzandini koʻrsatmagan qaynonasini oʻroq bilan oʻldirdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumaning oʻlimi koʻkrak va bel sohasiga oʻn ikki marotaba teshib oʻtuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan oʻtkir qon yoʻqotishidan kelib chiqqan.
TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi erkak qaynonasini oʻroq bilan urib oʻldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, erkak mast holatda sobiq turmush oʻrtogʻining uyiga farzandini koʻrishga kelgan. Qaynonasi bola bilan uchrashishga qarshilik qilgach esa oʻzaro janjal yuzaga keladi va oqibatda sobiq kuyov oʻzi bilan olib kelgan oʻroq bilan ayolning koʻkrak va bel sohalariga uradi. Ayol joyida vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumaning oʻlimi koʻkrak va bel sohasiga oʻn ikki marotaba teshib oʻtuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan oʻtkir qon yoʻqotishidan kelib chiqqan.
SIZO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Hodisalar
Andijonda erkak soʻkingan qoʻshnisini ketmon bilan urib oʻldirdi
Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi oʻrinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshligʻi A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi aʼzolari chiqishgan.
Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u himoya huquqi taʼminlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi boʻyicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala