Hodisalar

Toshkent metrosida toʻy qilgan tiktokerlar jarimaga tortildi

Bukvы LOVE - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Ularning har biri BHMning 4 baravari (980 ming soʻm) miqdorida jarima jazoga tortildi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenida toʻy qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslarga nisbatan chora koʻrildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
IIV Toshkent metropolitenida rasm va videoga olish taqiqlanmagani, ammo bu jamoat tartib qoidalarini buzmagan holda amalga oshirilishi kerakligini qayd etgan. Metroga ovqat olib kirish mumkin, lekin uni isteʼmol qilish mumkin emas.
“Jamoat joyida aholi tinchligini buzish hamda karantin tartibi kuchaygan vaqtda tibbiy niqoblarsiz oraliq masofani saqlamay yurish ham mumkin emas”, - deyilgan xabarda.
Qoidabuzarlar aniqlangan va ular ustidan sud boʻlib oʻtgan.
Novыe vagonы Yekaterinburgskogo metro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Jamiyat
Toshkent metrosida "toʻy" qilgan yoshlar jazolanadi
Yashnobod va Mirzo Ulugʻbek tumani Jinoiy ishlari boʻyicha sudlari qoidabuzarlarning har birini Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik), 54 (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 115-moddalariga (Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish) aybdor deb topgan. Ularga BHMning 4 baravari (980 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonida toʻy nishonlanayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Transport vaziriligining matbuot kotibi Navruz Ashurmatov toʻy ishtirokchilari qonun doirasida javobgarlikka tortilishini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala