Toshkent metrosida to‘y qilgan tiktokerlar jarimaga tortildi

Obuna bo‘lish
Ularning har biri BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida jarima jazoga tortildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenida to‘y qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
IIV Toshkent metropolitenida rasm va videoga olish taqiqlanmagani, ammo bu jamoat tartib qoidalarini buzmagan holda amalga oshirilishi kerakligini qayd etgan. Metroga ovqat olib kirish mumkin, lekin uni iste’mol qilish mumkin emas.
“Jamoat joyida aholi tinchligini buzish hamda karantin tartibi kuchaygan vaqtda tibbiy niqoblarsiz oraliq masofani saqlamay yurish ham mumkin emas”, - deyilgan xabarda.
Qoidabuzarlar aniqlangan va ular ustidan sud bo‘lib o‘tgan.
Novie vagoni Yekaterinburgskogo metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Toshkent metrosida "to‘y" qilgan yoshlar jazolanadi
Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumani Jinoiy ishlari bo‘yicha sudlari qoidabuzarlarning har birini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik), 54 (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) va 115-moddalariga (Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish) aybdor deb topgan. Ularga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonida to‘y nishonlanayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Transport vaziriligining matbuot kotibi Navruz Ashurmatov to‘y ishtirokchilari qonun doirasida javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0