Hodisalar

Toshkentda “Nexia-3” va “Matiz” toʻqnashishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi

© GUVD g. TashkentaV Tashkente "Neksiya" na polnoy skorosti protaranila "Matiz": pogibli oba voditelya
V Tashkente Neksiya na polnoy skorosti protaranila Matiz: pogibli oba voditelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Toʻqnashish oqibatida Samarqand viloyatidan boʻlgan 23 yoshli “Nexia-3” haydovchisi A.Z. va 25 yoshli “Matiz” haydovchisi B.N. halok boʻlgan.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent shahrida “Nexia-3”va “Matiz” avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH 19 aprel kuni soat 23:30 larda Beruniy koʻchasida, “Tinchlik” metro bekati oldida sodir boʻlgan. Toʻqnashish oqibatida Samarqand viloyatidan boʻlgan 23 yoshli “Nexia-3” haydovchisi A.Z. va 25 yoshli “Matiz” haydovchisi B.N. halok boʻlgan. “Nexia-3” yoʻlovchisi 24 yoshli M.T. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Avtomobil Chevrolet Lacetti, za rulem kotorogo sidel pogibshiy grajdanin Azerbaydjana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Ozarbayjon fuqarosi Toshkentda halok boʻldi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “Nexia-3” haydovchi juda katta tezlikda harakatlangan. Natijada esa qarama-qarshi yoʻl chiqib ketib, “Matiz”ga borib urilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlishiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala