Jamiyat

“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganch va Fargʻonaga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma oldi

© AFP / OZAN KOSESamoletы aviakompanii "Turkish Airlines"
Samoletы aviakompanii Turkish Airlines - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbuldan Urganch va Fargʻonaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Fargʻonaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ruxsatnoma 15 aprel kuni “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan.
“Turkish Airlines” 2006 yil 28 sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega. Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yoʻnalishlari boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala