Jamiyat

Yangi universitet: Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti qayta tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.
“Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.
MVD i Natsgvardiya proveli sovmestnыe ucheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Jamiyat
Mirziyoyev Milliy gvardiya oʻquv markazlariga oid qarorni imzoladi
Universitet quyidagilar uchun malakali kadrlar tayyorlaydi:
- IIV va Milliy gvardiya uchun – jamoat tartibini, yoʻl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun – harbiy diplomatiya, yurisprudentsiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qoʻmondonlik-taktik faoliyat sohasida;
- qoʻriqlash tuzilmalariga ega organlar uchun – qoʻriqlash sohasining barcha yoʻnalishlarida.
2021/2022 oʻquv yilidan Universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
Qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi taʼlim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala