Jamiyat

Toshkentda 9 may kuni bayram salyuti tashkil etiladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye Novogo goda v Moskve
Prazdnovaniye Novogo goda v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Milliy gvardiyatantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlaydi.
TOSHKENT, 21 apr - Sputnik. Toshkent shahrida 9 may kuni Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyuti tashkil qilinadi. Bu haqda prezident qaroriga tayangan holda OʻzA xabar bermoqda.
Ushbu bayram salyutini tashkil qilishga Mudofaa vazirligi masʼul etib belgilandi.
Milliy gvardiyatantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlaydi.
Shuningdek, qarorga binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishi taʼminlanadi hamda ularning har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlar (shartnoma asosida) biriktirilgan holda doimiy ravishda patronaj xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala