Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti tashkil etiladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Novogo goda v Moskve
Prazdnovanie Novogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Milliy gvardiyatantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaydi.
TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Toshkent shahrida 9-may kuni Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil qilinadi. Bu haqda prezident qaroriga tayangan holda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu bayram salyutini tashkil qilishga Mudofaa vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Milliy gvardiyatantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Shuningdek, qarorga binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishi ta’minlanadi hamda ularning har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlar (shartnoma asosida) biriktirilgan holda doimiy ravishda patronaj xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0