Dunyoda

2021 yilning eng yaxshi avtomobili aniqlandi

© volkswagenVolkswagen ID.4
Volkswagen ID.4 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Yilning eng yaxshi avtomobili deb "Volkswagen ID.4" tanlandi, "Honda E" boʻlsa - “eng yaxshi shahar avtomobili” toifasida birinchilikni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 21 apr –Sputnik. Nufuzli World Car Awards hayʼat aʼzolari 2021 yilning eng yaxshi avtomobili nomini eʼlon qilishdi. Bu safar Volkswagen ID.4 - yilning eng yaxshi avtomobili deb eʼlonы qilindi.
1/2
2/2
1/2
2/2
“Ushbu gʻalaba bilan Volkswagenga samimiy qutlovlarni yoʻllaymiz. Volkswagen ID.4 – 2021 yilning eng yaxshi avtomobili deb tanlandi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu tanlovda birinchi oʻrin uchun ID.4 bilan Toyota Yaris va elektrda harakatlanuvchi Honda E avtomobillari kurashgan edi. Natijada ID.4 - 798 ball, Yaris - 732 va E – 742 ball jamlashga muvaffaq boʻldi.
Lekin Honda E avtomobili “Shahar uchun eng yaxshi avtomobil” nominatsiyasida birinchilikni qoʻlga kiritdi.
1/4
2/4
3/4
© Honda2020 Honda e
Honda E - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
2020 Honda e
1/4
2/4
3/4
4/4
2020 Honda e
Shuningdek, Porsche 911 Turbo – “eng samarali” Mercedes-Benz S-Class – "eng hashamatali", va Land Rover Defender – “Eng yaxshi dizayn” nominatsiyalarida gʻolib deb topildi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda World Car Awards eng yaxshi avtomobil deb Kia Telluride ni tanlagan edi.
1/2
2/2
1/2
2/2
World Car Awards - Yilning eng yaxshi avtomobili tanlovi 2004 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan, avtomobil sanoatining eng nufuzli konkursi hisoblanadi.
Eng yaxshi avtomobilni tanlashda 94 nafar dunyoning taniqli va yetakchi avtomobil jurnalistlari va tanilgan professionallari ishtirok etadi.
Hayʼat aʼzolari yangi avtomobillarning har biriga bir necha nominatsiyalar boʻycha bal berib chiqishadi. Eng yaxshi dizayn, Eng hashamatli, Eng quvvatli, Eng qulay shahar avtomobili va Yilning eng yaxshi avtomobili nominatsiyalaridir. Eng koʻp ball toʻplagan avtomobil mutlaq yoki biror nominatsiya boʻyicha gʻolib boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala