Dunyoda

AQSH iqlim boʻyicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishBelыy dom. Vashington
Belыy dom. Vashington - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
OAVlar xabariga koʻra, uchrashuv vaqtida AQSH prezidenti atmosferaga tashlanishlar boʻyicha Qoʻshma Shtatlar oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan yangi majburiyatlar haqida eʼlon qilishi mumkin.
TOSHKENT, 21 apr – Sputnik. Taklif etilgan 40ta davlatning barchasi AQSH tomonidan tashkillashtirilayotgan iqlim boʻyicha onlayn-sammitda ishtirok etishga rozilik bildirdi, deb xabar qildi jurnalistlarga amerika administratsiyasining yuqori martabali vakili.
AQSH administratsiyasi tomonidan tashabbus qilingan iqlim 22-23 aprel kunlari virtual formatda boʻlib oʻtadi.
Oq uyning xabar berishicha, prezident Jo Bayden 40dan ortiq turli davlatlar yetakchilarini ushbu sammitda ishtirok etishga taklif etgan. OAVlar xabariga koʻra, uchrashuv vaqtida AQSH prezidenti atmosferaga tashlanishlar boʻyicha Qoʻshma Shtatlar oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan yangi majburiyatlar haqida eʼlon qilishi mumkin.
Neft bilan ifloslangan suvdagi qush - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2017
Siyosat
Oʻzbekiston Parij bitimini imzoladi
2021 yil yanvar oyi oxirida Bayden AQSH qatorida, xalqaro maydonda ham amal qiladigan iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash toʻgʻrisida yangi qarorni imzoladi.
Uning rejasi ekologik texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ishlarni oʻz ichiga oladi.
Qarorda iqlim oʻzgarishi masalasi amerika tashqi siyosati va milliy xavfsizligining ajralmas qismi deb eʼlon qilingan va Vashingtonning iqlim boʻyicha Parij bitimida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish, qisqa muddatda havoga bugʻ gazi tashlanishlarini kamaytirish va ularni asrning oʻrtalariga kelib nolga yetkazish istagini tasdiqlaydi.
Prezident RF V. Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya
Putin iqlim masalalari boʻyicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi
Iqlim boʻyicha Parij bitimi – 2015 yilda 190dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan iqlim boʻyicha birinchi global bitimdir, hujjat global isishni jilovlab turish boʻyicha jahon harakatlar rejasini belgilab beradi.
Bitim qazib olinadigan yoqilgʻidan toʻliq voz kechishni nazarda tutmaydi. Ammo barcha tomonlar tashlanmalarni qisqartirish, texnologik qayta qurollanish va iqlim oʻzgarishiga adaptatsiya boʻyicha choralarni qabul qilishlari kerak.
Bundan tashqari energo yetkazib berishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi koʻproq boʻlishi lozim.
Sobiq prezident Donald Tramp davrida AQSH ushbu bitimdan chiqqan edi, ammo amerikaning yangi yetakchisi Bayden oʻz prezidentligining birinchi kunidayoq Qoʻshma Shtatlarning ushbu bitimga qaytishi boʻyicha farmonni imzolagandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala