Kolumnistlar

Busiz iloji yoʻq: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi

© VMF Rossii / Fotobankka oʻtishPodnyatiye Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke "Knyaz Vladimir"
Podnyatiye Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke Knyaz Vladimir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Rossiya Shimoliy dengiz floti dushman suv osti kemalariga qarshi kurash vositasi - juda yashirin dizel-elektrik submarinalar bilan jihozlanadi.
Noodatiy konstruktorlik yechimlari, yashirinlik va yuqori darajadagi avtonomlik – 2027 yilga kelib Rossiya Shimoliy dengiz floti kamida 4ta 677-loyihaga mansub "Lada" dizel-elektrik suv osti kemalari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda ana shunday kemalar Arktika hududida juda kerak. Rossiyaning eng kuchli harbiy-dengiz birlashmasni qanday oʻzgarishlar kutmoqda.

Dizel suv osti kemalari

677 loyihaga mansub 4 avlod dizel-elektrik suv osti kemalari 1990-chi yillar oxiridan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Bosh kema— "Sankt-Peterburg" — ayni damda tajriba sinovlaridan oʻtmoqda. Qolgan "Kronshtadt" va "Velikiye Luki" nomli kemalar esa — qurilishning turli bosqichida. 2022-yilda yana 2ta kema ishlab chiqarish boshlanadi.
“Lada” seriyasiga mansub suv osti kemalari – bu kup jihatdan innovatsion loyiha boʻlib, unda "Rubin" markaziy konstruktorlik byurosi mutaxassislari Rossiya uchun anʼaanaviy boʻlgan qurilgan. Maxsus qoplama, zamonaviy radioelektron va avtomatlashgan tizimlarga ega boʻlgani tufayli "Lada" suv osti kemalari – oʻz sinfidagi submarinalar orasida rekord darajadagi yashirin xususiyatlarga ega.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Kelajakda "677" seriya suv osti kemalarini anaerob (havo kerak boʻlmaydigan) dvigatellar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bunday kemalarga akkumulyatorlarini quvvatlash uchun suv sathiga chiqish kerak boʻlmaydi.
“Lada” – Rossiya kemasozligida eng uzoq vaqt davomida qurilayotgan loyihalardan biri hisoblanadi. Uni qurib bitkazish bir necha bor toʻxtatilgan, ortga surilgan edi. Birlashtirilgan kema qurish korporatsiyasi rahbari Aleksey Raxmanov aytishiga koʻra aksariyat muammolar uskuna yetkazib beruvchilar bilan bogʻliq boʻlmoqda. Shu sababli Tinch okeani flotiga “Lada”lar oʻrniga 6ta 636.3 loyihasiga mansub suv osti kemasi yetkazib berishga qaror qilingan.
Bosh kema "Sankt-Peterburg" ham dengizchilarga 2010 yilda yetkazib berildi. Ushbu kema, sinov stendi boʻldi desak xato boʻlmaydi – foydalanish boshlanganidan unda juda koʻp yechimlarni qayta ishlashga, kamchiliklarni toʻgʻrilashgan toʻgʻri kelgan.
“Lada” suv osti kemasi, nisbatan kichik kema boʻlib, ularning suv sigʻimi 1800 tonnani tashkil qiladi. Ular suv ostida soatiga 21 uzelgacha tezlikda harakatlanishi mumkin. Maksimal harakatlanish chuqurligi – 250 metrni tashkil qiladi. Ekipaj - 35 kishi, avtonomlik muddati - 45 sutkani tashkil qiladi. Bosh kema faqat torpedo va minalar bilan qurollangan, boshqa kemalar esa "Kalibr" qanotli raketlari bilan jihozlanadi.

Muqobili yoʻq “Koʻrinmas”lar

Ekspertlar xulosasiga koʻra, bugungi kunda Shimoliy dengiz flotiga dizel suv osti kemalari juda zarur. Hozircha ular faqat bir necha 877 loyihaga mansub “Paltus” kemalaridan foydalanmoqda. Suv osti floti asosini esa – koʻp maqsadli atom suv osti kemalari tashkil qilmoqda. Natijada ular tez-tez asosiy vazifalaridan chalgʻitgan holda, taktik vazifalarni bajarga majbur qilishmoqda.
Admiral Vyacheslav Popov aytishiga koʻra, bu – 1990 yillardagi krizis natijasidir.
“Shimoliy dengiz flotida dizel suv osti kemalari har doim kerak boʻlgan. Har bir loyihaning oʻz jangovar vazifasi bor. Hech kim uning oʻrnini 100%ga bosa olmaydi.Zamonaviy dizel-elektrik kemalarning atom suv osti kemalaridan asosiy farqi – mutlaq shovqinsizligidir. Ularni aniqlash juda mushkul. Ularning asosiy vazifasi – dushman suv osti kemalariga qarshi kurashdir”, - deydi admiral.
Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2019
Dunyoda
Rossiyada atom suvosti kemasi “Poseydon” sinovdan oʻtkazildi - video
Popov aytishiga koʻra, hozircha ularning vazifasini aviatsiya, suv usti kemalari va atom suv osti kemalari yordamida bajarilmoqda. Aksariyat holatlarda 1-2ta dizel-elektrik kemasi bajarishi mumkin boʻlgan vazifa uchun juda katta kuchlar jalb etilmoqda.
“Shimoliy flotga suv usti va suv osti barcha tur harbiy kemalar kerak. Dizel suv osti kemasidan tortib avia tashuvchi kemalargacha. Oldin bizda 3ta dizel kema bor edi. Asta-sekin ularning xizmat muddati tugadi, lekin oʻrniga hech nima kelmadi. Yangi dizel suv osti kemalari dastlab Qora dengizga yuborildi, siyosiyo sabablarga koʻra boʻlsa kerak”, - deb qoʻshimcha qildi admiral.
Tutash nuqta
Sovuq urush yilarida Shimoliy flot yadroviy muvozanatning eng muhim elementlaridan biri edi. Shimoliy flotga eng zamonaviy strategik atom suv osti kemalari hamda zarba beruvchi raketa tashuvchi suv usti kemalari yetkazib berilar edi.
Illyustratsiya buduщey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2020
Analitika
AQSH nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirgʻoqlari yaqiniga koʻchirmoqda
Bugun ushbu stratgiya yana qaytarilmoqda: Shimoliy flotga alohida harbiy okrug statusi berildi. 2014 yilda esa uning asosida Birlashga qoʻshma qoʻmondonlik yaratildi. Bu yerda eng zamonaviy va yangi qurol-yarogʻ hamda texnika yetkazib beriladi.
Shimoliy dengizchilar birinchilardan boʻlib “Borey” loyihasiga mansub eng yangi atom suv osti kemalari yetkazib berildi. Shuningjek "Yasen" loyihasiga mansub "Admiral Naximov" atom raketa kreyseri ham chuqur modernizatsiya qilinmoqda. Undan soʻng "Petr Velikiy" harbiy kemasi ham yangilanib dengizchilarga yetkazib beriladi.
Shuningdek, shimol dengizchilari uchun 22350 loyihasiga mansub “Kalibr” va “Oniks” raketalari bilan jihozlangan bir necha fregatlar ajratilgan. Bosh kema "Admiral Gorshkovda" esa gipertovushli raketa majmuasi "Tsirkon" sinovdan oʻtmoqda.
Bugungi kunda Rossiya Shimolda kuchli himoya vositasiga ega boʻlmasdan iloji yoʻq. Dunyoning eng kuchli mamlakatlari Arktikaga koʻz tikmoqda. Bu yerda foydali qazilmalarning ulkan zahiralari bor. Shu sababli ham bir necha davlatlar ushbu hududda oʻzlarining harbiy kuchlarini joylashtirishga harakat qilmoqda. AQSH ham shular jumlasidan. Ular Shimoldq Rossiya va Xitoyni asosiy raqib deb atashmoqda.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2020
Dunyoda
"Rossiyaga signal". AQSH nima uchun Norvegiya qirgʻoqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
Soʻnggi yillarda amerikaliklar Arktikaga juda koʻp qurol tashib kelishmoqda: Alyaskada radiolokatsion stantsiyalar qurilmoqda va u yerga oʻnlab zarba beruvchi qiruvchi samolyotlar joylashtirilgan. Pentagon bu yerda oʻzining yangi turdagi qoʻshinlarini joylashtirmoqchi – koʻp domenli guruhlarni. Undan tashqari boshqa tur qoʻshinlar ham olib kelinmoqda.
Norvegiyada esa AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Rossiya chegaralariga yaqin boʻlgan hududda joylashgan va konservatsiyada boʻlgan bir necha harbiy-dengiz bazalari esa qayta ishga tushirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala