Busiz iloji yo‘q: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi

© VMF Rossii / Mediabankka o‘tishPodnyatie Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke "Knyaz Vladimir"
Podnyatie Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke Knyaz Vladimir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Shimoliy dengiz floti dushman suv osti kemalariga qarshi kurash vositasi - juda yashirin dizel-elektrik submarinalar bilan jihozlanadi.
Noodatiy konstruktorlik yechimlari, yashirinlik va yuqori darajadagi avtonomlik – 2027-yilga kelib Rossiya Shimoliy dengiz floti kamida 4ta 677-loyihaga mansub "Lada" dizel-elektrik suv osti kemalari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda ana shunday kemalar Arktika hududida juda kerak. Rossiyaning eng kuchli harbiy-dengiz birlashmasni qanday o‘zgarishlar kutmoqda.

Dizel suv osti kemalari

677 loyihaga mansub 4 avlod dizel-elektrik suv osti kemalari 1990-chi yillar oxiridan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Bosh kema— "Sankt-Peterburg" — ayni damda tajriba sinovlaridan o‘tmoqda. Qolgan "Kronshtadt" va "Velikie Luki" nomli kemalar esa — qurilishning turli bosqichida. 2022-yilda yana 2ta kema ishlab chiqarish boshlanadi.
“Lada” seriyasiga mansub suv osti kemalari – bu kup jihatdan innovatsion loyiha bo‘lib, unda "Rubin" markaziy konstruktorlik burosi mutaxassislari Rossiya uchun an’aanaviy bo‘lgan qurilgan. Maxsus qoplama, zamonaviy radioelektron va avtomatlashgan tizimlarga ega bo‘lgani tufayli "Lada" suv osti kemalari – o‘z sinfidagi submarinalar orasida rekord darajadagi yashirin xususiyatlarga ega.
Repetitsiya Parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2021
Rossiya shimoliy hududlarini g‘ayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Kelajakda "677" seriya suv osti kemalarini anaerob (havo kerak bo‘lmaydigan) dvigatellar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Bunday kemalarga akkumulyatorlarini quvvatlash uchun suv sathiga chiqish kerak bo‘lmaydi.
“Lada” – Rossiya kemasozligida eng uzoq vaqt davomida qurilayotgan loyihalardan biri hisoblanadi. Uni qurib bitkazish bir necha bor to‘xtatilgan, ortga surilgan edi. Birlashtirilgan kema qurish korporatsiyasi rahbari Aleksey Raxmanov aytishiga ko‘ra aksariyat muammolar uskuna yetkazib beruvchilar bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shu sababli Tinch okeani flotiga “Lada”lar o‘rniga 6ta 636.3 loyihasiga mansub suv osti kemasi yetkazib berishga qaror qilingan.
Bosh kema "Sankt-Peterburg" ham dengizchilarga 2010-yilda yetkazib berildi. Ushbu kema, sinov stendi bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi – foydalanish boshlanganidan unda juda ko‘p yechimlarni qayta ishlashga, kamchiliklarni to‘g‘rilashgan to‘g‘ri kelgan.
“Lada” suv osti kemasi, nisbatan kichik kema bo‘lib, ularning suv sig‘imi 1800 tonnani tashkil qiladi. Ular suv ostida soatiga 21 uzelgacha tezlikda harakatlanishi mumkin. Maksimal harakatlanish chuqurligi – 250 metrni tashkil qiladi. Ekipaj - 35 kishi, avtonomlik muddati - 45 sutkani tashkil qiladi. Bosh kema faqat torpedo va minalar bilan qurollangan, boshqa kemalar esa "Kalibr" qanotli raketlari bilan jihozlanadi.

Muqobili yo‘q “Ko‘rinmas”lar

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bugungi kunda Shimoliy dengiz flotiga dizel suv osti kemalari juda zarur. Hozircha ular faqat bir necha 877 loyihaga mansub “Paltus” kemalaridan foydalanmoqda. Suv osti floti asosini esa – ko‘p maqsadli atom suv osti kemalari tashkil qilmoqda. Natijada ular tez-tez asosiy vazifalaridan chalg‘itgan holda, taktik vazifalarni bajarga majbur qilishmoqda.
Admiral Vacheslav Popov aytishiga ko‘ra, bu – 1990-yillardagi krizis natijasidir.
“Shimoliy dengiz flotida dizel suv osti kemalari har doim kerak bo‘lgan. Har bir loyihaning o‘z jangovar vazifasi bor. Hech kim uning o‘rnini 100%ga bosa olmaydi.Zamonaviy dizel-elektrik kemalarning atom suv osti kemalaridan asosiy farqi – mutlaq shovqinsizligidir. Ularni aniqlash juda mushkul. Ularning asosiy vazifasi – dushman suv osti kemalariga qarshi kurashdir”, - deydi admiral.
Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2019
Rossiyada atom suvosti kemasi “Poseydon” sinovdan o‘tkazildi - video
Popov aytishiga ko‘ra, hozircha ularning vazifasini aviatsiya, suv usti kemalari va atom suv osti kemalari yordamida bajarilmoqda. Aksariyat holatlarda 1-2ta dizel-elektrik kemasi bajarishi mumkin bo‘lgan vazifa uchun juda katta kuchlar jalb etilmoqda.
“Shimoliy flotga suv usti va suv osti barcha tur harbiy kemalar kerak. Dizel suv osti kemasidan tortib avia tashuvchi kemalargacha. Oldin bizda 3ta dizel kema bor edi. Asta-sekin ularning xizmat muddati tugadi, lekin o‘rniga hech nima kelmadi. Yangi dizel suv osti kemalari dastlab Qora dengizga yuborildi, siyosiyo sabablarga ko‘ra bo‘lsa kerak”, - deb qo‘shimcha qildi admiral.
Tutash nuqta
Sovuq urush yilarida Shimoliy flot yadroviy muvozanatning eng muhim elementlaridan biri edi. Shimoliy flotga eng zamonaviy strategik atom suv osti kemalari hamda zarba beruvchi raketa tashuvchi suv usti kemalari yetkazib berilar edi.
Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2020
AQSh nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlari yaqiniga ko‘chirmoqda
Bugun ushbu stratgiya yana qaytarilmoqda: Shimoliy flotga alohida harbiy okrug statusi berildi. 2014-yilda esa uning asosida Birlashga qo‘shma qo‘mondonlik yaratildi. Bu yerda eng zamonaviy va yangi qurol-yarog‘ hamda texnika yetkazib beriladi.
Shimoliy dengizchilar birinchilardan bo‘lib “Borey” loyihasiga mansub eng yangi atom suv osti kemalari yetkazib berildi. Shuningjek "Yasen" loyihasiga mansub "Admiral Naximov" atom raketa kreyseri ham chuqur modernizatsiya qilinmoqda. Undan so‘ng "Petr Velikiy" harbiy kemasi ham yangilanib dengizchilarga yetkazib beriladi.
Shuningdek, shimol dengizchilari uchun 22350 loyihasiga mansub “Kalibr” va “Oniks” raketalari bilan jihozlangan bir necha fregatlar ajratilgan. Bosh kema "Admiral Gorshkovda" esa gipertovushli raketa majmuasi "Sirkon" sinovdan o‘tmoqda.
Bugungi kunda Rossiya Shimolda kuchli himoya vositasiga ega bo‘lmasdan iloji yo‘q. Dunyoning eng kuchli mamlakatlari Arktikaga ko‘z tikmoqda. Bu yerda foydali qazilmalarning ulkan zahiralari bor. Shu sababli ham bir necha davlatlar ushbu hududda o‘zlarining harbiy kuchlarini joylashtirishga harakat qilmoqda. AQSh ham shular jumlasidan. Ular Shimoldq Rossiya va Xitoyni asosiy raqib deb atashmoqda.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2020
"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
So‘nggi yillarda amerikaliklar Arktikaga juda ko‘p qurol tashib kelishmoqda: Alyaskada radiolokatsion stansiyalar qurilmoqda va u yerga o‘nlab zarba beruvchi qiruvchi samolyotlar joylashtirilgan. Pentagon bu yerda o‘zining yangi turdagi qo‘shinlarini joylashtirmoqchi – ko‘p domenli guruhlarni. Undan tashqari boshqa tur qo‘shinlar ham olib kelinmoqda.
Norvegiyada esa AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Rossiya chegaralariga yaqin bo‘lgan hududda joylashgan va konservatsiyada bo‘lgan bir necha harbiy-dengiz bazalari esa qayta ishga tushirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0