Siyosat

IIV rahbarining yangi oʻrinbosarlari tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Azizbek Ikramov, Bahodir Mirzarahimov va Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining oʻrinbosari va uch departament boshliqlari etib tayinlandi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan IIVda qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
General-mayor Azizbek Ikramov ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ikramov ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
General-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyati tubdan oʻzgaradi
Tayinlovga qadar Mirzarahimov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni taʼminlash va harbiy tuzilmalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Abdullayev Milliy gvardiyasi qoʻmondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi tuzilmasi qayta koʻrib chiqilgan edi. Boshqarma va xizmatlar departamentlarga birlashtirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala