Iqtisod

Koreya kompaniyasi Qoʻqonda K-Town majmuasini quradi

© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiKoreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
U 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bogʻchasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini oʻz ichiga oladi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi Qoʻqonda K-Town majmuasini barpo etadi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu majmua ostki qismida ikki qavatli avtoturargohlar mavjud 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bogʻchasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini oʻz ichiga oladi.
© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiKoreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
2021 yil avgust oyida tamal toshi qoʻyiladigan majmua loyihasi 4 bosqichda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda turar-joylarga talab kun sayin ortib borayotganini qayd etdi va majmua qurilishi sifatiga taʼsir etmagan holda amalga oshirish davrini qisqartirish boʻyicha mulohazalarini bildirdi.
1950 yilda tashkil etilgan Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi, Koreyada koʻplab yirik loyihalarni, shu jumladan Inchxon aeroporti loyihasini amalga oshirgan. Kompaniya Saudiya Arabistoni, Xitoy, Kuvayt, Kambodja, Filippin va boshqa koʻplab mamlakatlarda ham yirik qurilish loyihalarini amalga oshirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala