Jamiyat

Mehnat vazirligi yakshanba kuni oʻtkazilgan majlis uchun 2 baravar maosh toʻlashni talab qildi

© Qalampir.uzTrudovoy kodeks Respubliki Uzbekistan
Trudovoy kodeks Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Davlat mehnat inspektsiyasi yigʻilishda xodimlari ishtirok etgan hokimiyat, vazirlik va boshqa idoralarga murojaat qilib tegishli toʻlovlarni amalga oshirish haqida ogoxlantirdi.
TOSHKENT, 21 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yakshanba kuni oʻtkazilgan majlis uchun, unda ishtirok etgan barcha xodimlarning ish joylariga xat yubordi. Bu haqida vazirlik telegram kanalida xabar qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, bosh vazir oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev rahbarligida 18 aprel yakshanba kuni soat 18:00da qishloq hoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan.
Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan ushbu yigʻilishda vakillari ishtirok etgan barcha hokimiyat, vazirlik va idoralarga - dam olish kunida xodimlarni ishga jalb qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirish hamda tegishli toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan ogoxlantirish xatlari berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq, ishdan tashqari ish vaqtida hamda dam olish kunlarida xodimlar ishga jalb qilinganda ularga mazkur tashkilotning jamoa shartnomasida belgilangan, lekin kamida ikki hissa miqdorida mehnat haqi toʻlanishi lozim.
Ish vaqtidan tashqari yoki dam olish kunida ishga jalb qilingan xodimlarga ish soatlariga mutanosib ravishda otgul (qoʻshimcha dam olish kuni) berilgan boʻlsa, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida mehnat haqi toʻlanadi.
Shu bilan birga vazirlik, mehnat muhofazasi sohasida qonun buzilishlari sodir boʻlganda vazirlikning ishonch telefoniga +71-200-06-00, 1176 qisqa raqamiga yoki www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishni soʻradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala