Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari 640 nafarga yetdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney "Voronovskoye"
Moskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney Voronovskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Kecha mamlakatning 12 hududida 326 holatda koronavirus qayd etilgan. Shu bilan birga yana bir bemor qurbon boʻldi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Kecha Oʻzbekistonda yana 326 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 87 551 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 1 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Fargʻona viloyatida, 75 nafari Toshkent viloyatida, 202 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 450 ming nafardan oshdi
Kasallikdan jami 84 717 (+184) kishi sogʻayib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, kecha yana 1 nafar bemor vafot etib, pandemiya qurbonlari soni 640 nafarga yetgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2194 nafar bemordan 238 nafari ogʻir, 113 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala