Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 450 ming nafardan oshdi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishVaktsina "Sputnik V"
Vaktsina Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Oʻzbekiston SSV rasmiy maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 88 mingga yaqinlashmoqda.
TOSHKENT, 21 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanganlar soni 450 ming nafardan oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, kechaning oʻzida mamlakat hududlari boʻylab jami 27 828 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlangan. ️Shu tariqa ayni kungacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 458 555 nafarga yetgan.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni: Fargʻona viloyatida 66 381 nafar, Namangan viloyatida 47 841 nafar, Andijon viloyatida 46 639 nafar, Samarqand viloyatida 43 394 nafarni tashkil qilmoqda.
Podrostok za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Jamiyat
Koronavirus aniqlangan 3ta OTM onlayn taʼlimga oʻtdi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston SSV rasmiy maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 88 mingga yaqinlashmoqda.
Soʻnggi kunlarda Yevropa davlatlarida, jumladan Rossiyada ham koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat keskin tus olmoqda. Virusni yuqtirib olayotganlar soni ortmoqda.
Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Rossiya
“Boshqalariga oʻxshamaydi”: Rossiyada koronavirusning ikkita shtammi shakllangani maʼlum qilindi
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) Yevropa mintaqasining aksariyat qismida COVID-19 bilan kasallanish yangi holatlarining koʻpayishidan "ogohlantiruvchi belgilarni" qayd etmoqda, deya xabar qilgan Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakolatxonasi RIA Novosti XAAga.
"Soʻnggi ikki hafta ichida mintaqadagi umumiy kasalliklar soni 6 foizga, oʻlimlar soni esa 5 foizga oʻsdi. Qator mamlakatlar kasallik sonini 2020 yildagi "pik darajaga" nisbatan kamaytirishda jiddiy muammolarga duch kelishdi", deb qoʻshimcha qilgan tashkilot rasmiylari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala