Qoplon babuinlar yo‘lboshchisidan arang qutilib qoldi - qiziqarli video

Amurskiy leopard na dereve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Qoplon o‘z hayotini saqlab qolish maqsadida hattoki bir necha metr balandlikdan o‘zini tashlab yuborishga majbur bo‘ladi.
Zimbabvedagi Quyi Zambezi milliy bog‘ida babuinning qoplon bilan qarama-qarshiligi yirtqichning o‘limi bilan yakun topishiga bir bahya qoldi.
Qo‘riqxona tashrif buyuruvchilari tomonidan suratga olingan video Maasai Sightings YouTube-kanalida e’lon qilingan.
Videorolik muallifi so‘zlariga ko‘ra, qoplon daraxtga chiqib babuinlarga ov qilmoqchi bo‘lgan. Ammo yirtqichga maymunlar yo‘lboshchisi ro‘baro kelgach, qoplon uchun undan qochib qutilishdan o‘zga chora qolmagan.
O‘z hayotini saqlab qolish maqsadida yirtqich hattoki bir necha metr balandlikdan o‘zini tashlab yuborishga majbur bo‘lgan.
Videoga qoldirilgan izohda yozilishicha, garchi yovvoyi tabiatda qoplonlar babuinlar o‘ljasiga aylangan vaqtlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu video qahramoni jabrlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0