Hodisalar

Sirdaryoda evakuator ustida turgan “Matiz” tezlikni oshirganlik uchun jarimaga tortildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Jarima maydonchasiga olib ketilayotgan “Matiz” 70 km/soat tezlikda harakatlanganlik uchun radarga tushgan.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda maxsus evakuator ustida turgan “Matiz” tezlikni oshirganlik uchun radarga tushdi. Bu aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
© Soobщestvo "Voditeli Tashkenta" v FacebookV Uzbekistane oshtrafovali Matiz za prevыsheniye skorosti na evakuatore
V Uzbekistane oshtrafovali Matiz za prevыsheniye skorosti na evakuatore - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
V Uzbekistane oshtrafovali Matiz za prevыsheniye skorosti na evakuatore
IIV matbuot xizmati kotibi Shohrux Gʻiyosov Sputnik nashriga bu voqea Sirdaryo viloyatida roʻy berganini maʼlum qildi va texnik xato ekanini taʼkidladi.

“Bu texnika va baʼzan shunaqa xatoliklar boʻlib turadi. Bunda odam ishtiroki juda minimaldir. Ketayotgan vaqtda evakuatorning raqami koʻrinmagan, tizim esa “Matiz” avtomobilining raqami uning raqami deb qabul qilgan. Natijada u jarimaga tortilgan. Bunda hech qanday muammo yoʻq. Butun dunyoda kuzatiladigan holat”, - dedi IIV vakili.

IIV YHXBB axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, bu holat Guliston shahri Oʻzbekiston koʻchasida sodir boʻlgan. “Mersedes-Bents Sprint” rusumli maxsus evakuator yuk mashinasi tezlikni oshirganligi sababli jarima solish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan. Jarimani evakuator yuk mashinasi haydovchisi toʻlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala