Toshkentdagi Anhor kanalidan noma’lum erkak jasadi topildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOchistka dna vodoyema ot musora
Ochistka dna vodoyema ot musora  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi topildi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak mahallasidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida noma’lum erkak jasadi topildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Prazdnovanie Uraza-bayram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Masjidda telefon o‘g‘irlandi. 23 yoshli erkak ushlandi
Voqea joyiga yetib borgan Shayxontohur tumani prokurori rahbarligidagi tezkor tergov guruh tomonidan murdani ko‘zdan kechirish jarayonida unda kuch ishlatish holatlari va tan-jarohatlari aniqlanmagan.
Surishtiruv harakatlari davomida 21-aprel kuni qo‘l barmoq izlarini tekshirish orqali murdaning shaxsi aniqlangan.
Marhumning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0