Dunyoda

Ukraina prezidenti Putinga Donbassda uchrashish taklifi bilan chiqdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVizit prezidenta Yevrosoyuza SH. Mishelya v Kiyev
Vizit prezidenta Yevrosoyuza SH. Mishelya v Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Vladimir Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina va Rossiya oʻrtasida urush yuz bersa, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazadi.
TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Donbassda uchrashishni taklif qildi. Zelenskiy bu haqda videomurojaatida maʼlum qildi.
Ukraina yetakchisi 19 aprel kuni boʻlib oʻtgan “normand toʻrtligi” siyosiy maslahatchilarining uchrashuvida vaziyatni maksimal darajada koʻrish va tushunish uchun Donbassdagi tutashuv chizigʻida uchrashuv oʻtkazish taklifi ilgari surilganini bildirgan.
“Men yana nimani tushunishim kerak? Menga hammasi kundek ravshan, u yerga har oyda boraman. Janob Putin, men yana borishga va sizni urush davom etayotgan Ukrainaning Donbass hududidagi istalgan nuqtada uchrashishga taklif qilishga tayyorman”, — dedi oʻz murojaatida Zelenskiy.
Otvod voorujeniy kalibrom meneye 100 mm nachalsya v LNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Kolumnistlar
Kim “Ukraina NATOga qabul qilinadi” degan gaplar bilan Rossiyani provokatsiya qilmoqda
Zelenskiy Ukraina va Rossiya oʻrtasida urush yuz bersa, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazishini qoʻshimcha qilgan.

Donbassdagi mojaro

Donbassdagi fuqarolar urushi yetti yildirki davom etib kelmoqda. 13 ming nafarga yaqin kishi qurbon boʻlgan. Minsk guruhi mojaroni hal qilishni muhokama qilib, uni hal etishga qaratilgan bir necha hujjat qabul qildi. Biroq otishmalar hamon davom etmoqda.
Oʻtgan yilning iyul oyida sulh rejimi kuchga kirdi. Ammo fevral oyidan buyon janglar keskinlashdi, aprel oyida esa DXR Ukraina droni hujumidan bir goʻdak halok boʻlganini maʼlum qildi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari respublikani Minsk guruhi tomonidan taqiqlangan qurol bilan oʻqqa tutmoqda.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Moskva mojaroning keskinlashidan xavotir bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva u yerda istiqomat qilayotgan rusiyzabon fuqarolarga yordam, jumladan, insonparvarlik yordamini koʻrsatishda davom etishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya oʻz xohishiga koʻra qoʻshinlarini oʻz hududi doirasida joylashtira olishi va chegarasi yaqinida beqaror boʻlgan mintaqa boʻlgani uchun oʻz xavfsizligini taʼminlashi zarurligini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala