IIV madaniyat saroyida ko‘ngillilar taqdirlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov
Vo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
IIV madaniyat saroyida pandemiyaning og‘ir davrlari hamda Sardoba suv toshqinida jonbozlik ko‘rsatgan ko‘ngillilar, shifokorlar, IIV va MV xodimlari taqdirlandi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Bugun IIV Madaniyat saroyida koronavirus pandemiyasi hamda Sardoba toshqinida jabr ko‘rganlarga o‘z yordamini ayamagan turli xizmat xodimlaridan iborat ko‘ngillilar guruhining faoliyatiga bag‘ishlangan "Biz birgalikda kuchlimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Unda og‘ir damlarda o‘z insonparvarlik yordamini ayamagan ko‘ngilli fuqarolar, shifokor va hamshiralar, IIV va Mudofaa vazirligi xodimlari medallar va esdalik diplomlari bilan taqdirlanmoqdalar.

2020 yil nafqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun eng qiyin va murakkab bo‘lgan voqealarga boy yil sifatida esda qoldi. Ko‘ngillilar ushbu murakkab damlarda, xuddi najot farishtalaridek zarur joylarga yetib borib ko‘plab ishlarni amalga oshrishdi, - deyilgan xabarda.
Koronovirus pandemiyasi bilan katta kurash ketayotgan bir paytda, Sardobada suv toshqini sodir bo‘lgani haqida xabar tarqalganida ham - ko‘ngillilar chetda qarab turmadilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov
Vo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Vo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov
2 may kuni 45 nafar ko‘ngillilar Sardobaga yetib borishdi va tabiif ofat episentrida ishlayotganlar uchun oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar olib borishdi. Shu tariqa may oyining o‘zida 120 tonna yuk yetkazib berildi. U yerga saxovat tadbirlari 7-8 iyunga qadar davom etdi.
Insonparvarlik yuklarini yetkazib berish uchun Mudofaa vazirligi shuningdek Guliston shahar ichki ishlar boshqarmasi va yo‘l harakati boshqarmasi xodimlari yaqindan yordam berdilar. SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarga qo‘lqoplar, niqoblar, kostum, poyafzal koplamasi, pulsoksmetrlari yuborildi.
Shifokorlar va hamshiralar, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, qaynoq daqiqalarda ko‘ngillilar bilan yonma-yon xizmat qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0