Jamiyat

Ijarada yashayotgan talabalarga ijaraning 50 foizini davlat qoplab beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Oʻzbekistondagi talabalarga ijara toʻlovining 50 foizi BHMning bir baravaridan oshmagan taqdirda toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 aprel kuni oʻtkazilgan videoselektorda 1 maydan boshlab talabalarga ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishi maʼlum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala