Ijarada yashayotgan talabalarga ijaraning 50 foizini davlat qoplab beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi talabalarga ijara to‘lovining 50 foizi BHMning bir baravaridan oshmagan taqdirda to‘lab beriladi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
2021 yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunda:
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda 1-maydan boshlab talabalarga ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab berilishi ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0