MB o‘zbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli o‘sishi ehtimolidan ogohlantirdi

© Depositphotos.com / eldarnurkovicPokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Markaziy bank O‘zbekiston aholisini ayrim turdagi asosiy oziq-ovqat narxlarining ehtimoliy sezilarli o‘sishidan ogohlantirdi.
Ta’kidlanishicha, bu hosildorlikning kam bo‘lganligi va ayrim davlatlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga nisbatan kiritilayotgan cheklovlar ta’sirida tashqi bozorlardagi narxlarning o‘sishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni import qilishda konsentratsiya darajasi va ichki ishlab chiqarishda tannarx xarajatlarining nisbatan yuqoriligi bilan izohlanadi.
Bank bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha yagona davlat strategiyasi, import bozorlarini diversifikatsiya qilish, importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish va transport xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan islohotlar o‘zining ijobiy natijasini berishini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0