Milliy manfaatlar va “qizil chiziqni” – biz o‘zimiz belgilaymiz

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishYejegodnoe poslanie prezidenta RF Federalnomu Sobraniyu
Yejegodnoe poslanie prezidenta RF Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya barcha bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishni istaydi, lekin kimdir buni zaiflik deb hisoblasa, u qattiq pushaymon bo‘ladi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Vladimir Putin o‘zining pandemiyadan so‘nggi Federal kengashga ilk yo‘llanmasida, Rossiya ushbu misli ko‘rilmagan epidemiyani yenggib borayotganiga to‘liq ishonch bildirdi.
Rossiya prezidenti so‘zlarida o‘ziga ortiqcha ishonch yoki o‘z-o‘zini maqtash emas, aksincha eng og‘ir va oxiri noma’lum vaziyatlarda xalq kuchiga ishonganini ma’lum qildi.
“O‘z tarixi davomida bizning xalqimiz birdamlik evaziga g‘alabalarga erishgan, qiyinchilikrni yengib o‘tgan. Bu safar ham fuqarolar, davlat va jamiyat birgalikda harakat qilishdi. Birdamlikda biz kasallikning oldini oldik. Biz uchun oila, do‘stlik, o‘zaro yordam hamda ko‘ngilchanlik - birinchi navbatga chiqdi. Ayrim “progressiv yakkaxonlar” ba’zida mazax qiladigan, qator mamlakatlarda unutilayotgan aynan mana shu ma’naviy qadriyatlarimiz – bizning kuchimizga kuch qo‘shdi. Mana shu qadriyatlarni biz bundan buyon ham har doim himoya qilamiz”, - dedi Vladimir Putin.
Koronavirus Rossiyaning asosiy muammosi – demografik muammoni yanada og‘irlashtirdi. Aynan shu sababli ham Vladimir Putin aholini asrab avaylash, uning sonini ko‘paytirishga qaratilgan strategik kursni belgilab berdi. Oilalar va bolalarga qaratilgan qo‘shimcha moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi. Putin demografiya sohasidagi vaziyatni “favqulodda” deb atadai va 1-iyuldan boshlab oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mutlaq yangi tizim ishlab chiqishni topshirdi.
Bugungi kunda bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud barcha qo‘shimcha to‘lovlarga yana 8 yoshdan 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga har oyda qo‘shimcha to‘lovlar belgilash ma’lum qilindi.
V sluchae neobxodimosti otvet budet asimmetrichnim, bistrim, jestkim - Putin o mejdunarodnix otnosheniyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
“Qilmishidan pushaymon bo‘ladi”: Putin ig‘vogarlarni ogohlantirdi
Ikkinchidan, 7 yoshgacha bolaga qarayotgan onalarga, ij stajiga qarab, oylik maoshining 100%gacha nafaqa to‘lanadi.
Uchinchidan, material qiyin ahvolda bo‘lgan homilador ayollar uchun ham oylik to‘lovlar joriy etiladi. Ushbu ayollar davlat himoyasini his qilishlari kerak, dedi prezident.
O‘tgan yilda amalga oshirilgan bir martalik to‘lovlar buy il ham to‘lanadi. Avgust oyida har bir maktab o‘quvchisi uchun 10 ming rubldan to‘lab beriladi.
Xullas, shubha yo‘q-ki, kelajakda bolali oilalarni qo‘llab quvvatlash choralari yanada ko‘payadi, yordam berish shakllari oshiriladi. Asosiy maqsad – uch bolali oilalarni jamiyatda normal holatga aylanishi kerak.
Chunki hozir Rossiya uchun eng katta chaqiriq aynan mana shu demografik vaziyatdir. Xalqaro maydondagi vaziyatni ham favqulodda deyish mumkin, lekin uning hech qanday burilishlari Rossiyaga xavf solayotgani yo‘q.
Prezident yo‘llanmasining tashqi siyosatga oid qismi ancha qisqa, lekin ruhan ochiq va hayajonli bo‘ldi.
Biz bilan yuqoridan turib gaplashish foydasiz – biz har doim o‘z nuqtayi nazarimizni va manfaatlarimizni himoya qilishni yo‘lini topamiz, dedi Putin va Rossini jahlini chiqarmaslikni maslahat berdi.
"Ayrim davlatlarda qandaydir xunuk odat paydo bo‘lgan: har ikki gapning birida Rossiyani tilga olishadi, nimadadir ayblashadi. Bu qandaydir sportning yangi turiga aylanib qolgan – kim balandroq biror nima deydi.
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Vladimir Putin bugun Federal kengashga murojaat yo‘llaydi
Bu vaziyatda biz o‘zimizni juda bosiq, kamtarin tutmoqdamiz. Ko‘pincha bunday dushmanona harakatlarga yoki bezbetlikka umuman javob bermaymiz. Biz xalqaro muloqotning barcha ishtirokchilari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish tarafdorimiz. Lekin hayotda esa, Rossiyani esa goh u yerda goh bu yerda sababsiz ayblashmoqda. Bunday davlatlar atrofida, Sherxan atrofida bo‘lgani kabi, bir to‘p “mayda Tabakalar” paydo bo‘lib, o‘z hukmdorining ko‘nglini olish maqsadida, qo‘shilib uvillashmoqda. Kipling buyuk yozuvchi bo‘lgan”, - dedi Putin.
Rossiya, darhaqiqat, barcha bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishni, ko‘priklarni buzmaslikni istaydi. Lekin kimdir buni befarqlik yoki zaiflik deb hisoblasa va qolgan ko‘priklarni portlatib yubormoqchi bo‘lsa, - bilib qo‘ysin, Rossiyaning javobi muvofiq, tez va qattiqqo‘l bo‘ladi.
Har qanday ig‘vo va xavfsizlikka tahdid soluvchi harakatlar tashkilotchilari qilgan ishlaridan juda qattiq pushaymon bo‘lishadi. Ular uzoq yillar davomida bunday pushaymon bo‘lmagan.
Bu bilan Putin hech kimga po‘pisa qilgani yo‘q – u faqatgina Rossiyani cheklashga biror qizil chiziq chegarasiga solib qo‘yishga harakat qilayotganlarni hushini keltirmoqchi edi xolos.
Umid qilamanki hech kim Rossiyaga qarshi, rus dunyosiga qarshi "qizil chiziqni" kesib o‘tishga botinmaydi. Ushbu chiziq qayerdan o‘tishini biz har bir vaziyatda o‘zimiz hal qilamiz, - dedi Putin.
Biz o‘z milliy manfaatlarimizni va rus dunyosi manfaatlarini o‘zimiz belgilaymiz, xoh mamlakat ichida hoh dunyo arenasida bo‘lsin. Bu kimgadir yoqmasligi mumkin, lekin bundan buyon bu bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0