Iqtisod

Niderlandiya kompaniyasi Surxondaryoda yangi IES quradi

© Press-slujba Minenergo UzbekistanaNiderlandskaya kompaniya Stone City Energy postroit novuyu TES v Surxandarye
Niderlandskaya kompaniya Stone City Energy postroit novuyu TES v Surxandarye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
IESning quvvati 1 560 MVt boʻladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi.
TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi Surxondaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stantsiyasini (IES) quradi. Boʻlajak stantsiyasidan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim 19 aprel kuni imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
IESning quvvati 1 560 MVt boʻladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihaning ishga tushish muddati 2024 yil yakuni.
“Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi issiqlik elektr stantsiyasi yiliga 2,2 milliard kub metr tabiiy gaz sarfiga ega boʻlib, 1,1 milliard kub metr gazni tejaydi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 63 foizni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.
Turetskaya kompaniya Aksa Enerji stroit v Tashkentskoy oblasti dve TES obщey moщnostyu 470 MVt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Iqtisod
Turk kompaniyasi Oʻzbekistonda quvvati 470 MVt boʻlgan ikkita IES qurmoqda
Loyiha doirasida eng yangi texnologiyalar, shu jumladan HL sinfidagi zamonaviy “Siemens Energy” ishlab chiqargan bugʻ-gaz qurilmalari tatbiq etiladi.
Stantsiya qurilishi davomida 2 000 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi va IES ishga tushirilgach, 150 nafarga yaqin mutaxassis doimiy ish bilan taʼminlanadi.
2020 yilning dekabr oyidan boshlab oʻtkazilgan tadqiqotlar natijada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi uchun 150 gektar yer maydoni ajratildi.
Hujjatlarga koʻra, investor ushbu issiqlik elektr stantsiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi, ishga tushiradi, 25 yil davomida foydalanadi va boshqaradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala